calendar 23 Jun 16:36
eye 44
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mashhur MMA jangchisi Islomni qabul qildi

image

Amerikalik mashhur aralash yakkakurash jangchisi Jeff Monson Islom dinini qabul qildi. Bu haqda u “Match TV”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Men bu din haqida ko‘p narsani bilaman, Islom dini vakillari bo‘lgan do‘stlarim ko‘p. Men uchun bu odamlar o‘rtasidagi qardoshlik, do‘stona munosabatlar, har bir insonni qadrlashi juda muhim. Shuning uchun men Islomni tanladim”, deydi Jeff Monson.

Ma’lumot uchun, 53 yoshli Jeff Monson so‘nggi jangini sobiq UFC chempioni rossiyalik Oleg Taktarovga qarshi o‘tkazgandi. Boks qoidalariga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan jang yakunida hakamlar g‘olibni aniqlay olmadi. Ko‘pchilik hakamlarning qarori bilan durang natija qayd etildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
28
0
qalampir.uz

Messi MLS yulduzlari o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi, “Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi jarohati tufayli MLS yulduzlari o‘yinida ishtirok etmaydi. Bu haqda liga o‘z bayonotida ma’lum qildi. MLS va Meksika ligasining eng yaxshi futbolchilari o‘rtasidagi uchrashuv 26 iyul kuni Kolumbusda bo‘lib o‘tadi. Messi Kolumbiya terma jamoasi bilan Amerika kubogi final uchrashuvida oyog‘idan olgan jarohati tufayli jamoasining ikkita o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

15 Jul 18:09
 
122
0
qalampir.uz

Argentina Amerika kubogini eng ko‘p yutgan terma jamoa bo‘ldi

Argentina terma jamoasi Amerika kubogi finalida Kolumbiyani qo‘shimcha bo‘limlarda 1:0 hisobida mag‘lub etib, turnirda eng ko‘p g‘olib bo‘lgan terma jamoaga aylandi. Bu haqda “Opta” xabar berdi. Argentina bu borada Urugvay terma jamoasini ortda qoldirdi. Urugvay hisobida 15 ta qit’a chempionlik kubogi mavjud. Braziliya terma jamoasi esa shu vaqtga qadar 9 marta Amerika kubogiga ega chiqqan.  Chili, Paragvay va Peru 2 marta, Boliviya va Kolumbiya esa 1 martada

15 Jul 12:02
 
35
0
qalampir.uz

Ahmadaliyev qachon Inoue bilan jang qiladi?

O‘zbekistonlik professional bokschi, sobiq WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev to‘rt vazn toifasida boks bo‘yicha jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inouega qarshi dekabr oyida jang qilishi mumkin. Bu haqda Ahmadaliyevning o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. “Inoue Ti Jey Doxeni bilan jang qilishga qaror qildi. Menimcha, Inoue bilan bahsgacha bitta jang o‘tkazaman. Noayaga qarshi esa dekabrda ringga chiqishim mumkin, hozircha hech narsa aniq emas”, deyd

11 Jul 15:12
 
69
0
xs.uz

Angliya toʻrt yil oldingi natijani qaytara oladimi?

Bu Angliya uchun qitʼa birinchiliklarida toʻrtinchi yarim final. Jamoa oxirgi bor 'Yevro-2020'ning finaliga chiqib, Italiyaga yutqazib qoʻygandi.Niderlandiya uchun esa bu 'yevro'lardagi oltinchi yarim final hisoblanadi. 'Uchar gollandlar'ning ushbu bosqichdagi yagona muvaffaqiyati 1988-yilga toʻgʻri kelgan. Oʻshanda jamoa finalga chiqib, chempionlikni qoʻlga kiritgandi.Hozirgacha Angliya va Niderlandiya 22 bor oʻzaro toʻqnash kelgan. Ularning 7 tasida Niderlandiya, 6 tasida Angliya gʻa