calendar 23 Jun 16:36
eye 34
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Japarov “Xitoy-O‘zbekiston-Qirg‘iziston” temiryo‘liga kim qancha pul tikayotganini aytdi

image

“Xitoy-O‘zbekiston-Qirg‘iziston” temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirayotgan mamlakatlar sarmoyasi qanday taqsimlanadi va bu Qirg‘izistonning tashqi qarziga qanday ta’sir qiladi? Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov “Kabar” agentligiga bergan intervyusida so‘z ochdi. 

Davlat rahbariga ko‘ra, bu loyiha tashqi qarzga taalluqli emas. Bu tijorat. 

“Uch davlat birlashdi va qo‘shma kompaniya tuzdi. Ofis Bishkekda joylashgan. Bosh direktor Qirg‘iziston tomonidan tayinlangan. Xitoy va O‘zbekistondan ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi. Barcha mablag‘lar Bishkek orqali o‘tadi. Shunday qilib, temir yo‘l qurilishi tugatilgunga qadar barcha xarajatlar biz va ishtirokchi davlatlar nazoratida bo‘ladi. Mablag‘larning 51 foizini Xitoy, 24,5 foizini Qirg‘iziston va O‘zbekiston tomon investitsiya qiladi. Xalqaro standartlarga ko‘ra, sarmoya qoplangandan so‘ng ikki tomon loyihadan chiqib ketadi va 100 foiz bizda qoladi”, deydi u. 

Uning qayd etishicha, Qirg‘izistonga birinchi navbatda bu magistral kerak. 

“Biz Markaziy Osiyo orqali Yevropa va boshqa davlatlar, jumladan, Xitoy o‘rtasida tranzit yo‘lagi o‘rnatamiz. Bu iqtisodiy jihatdan foydali va geosiyosiy barqarorlikni ta’minlaydi”, deydi Prezident. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 iyun kuni Qirg‘iziston Jogorku Keneshi (parlament) deputatlari Xitoy Xalq Respublikasi hukumati, Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasini birgalikda ilgari surish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 21:52
 
71
0
qalampir.uz

Hindistonda poyezd relsdan chiqib ketdi. Qurbonlar bor (video)

Hindiston shimolida bugun, 18 iyul kuni yo‘lovchi poyezdining relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohatlandi. Bu haqda ABC News xabar berdi. Davlatning yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha komissari Navin Kumarning aytishicha, halokat joyiga o‘nlab qutqaruvchilar, 40 kishilik shifokorlar guruhi va tez tibbiy yordam brigadasi hamda 15 tez yordam mashinasi yetib kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jarohatlanganlar shifoxonalar va h

26 Jul 10:21
 
29
0
xs.uz

“Kelajakdan gapiramiz”: 2034 yilgi qishki Olimpiada ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endyinlari mezbonligi kutilmagan shaharga berildi

XOQ Parijdagi 142-sessiyasida shunday qaror qabul qilgan. Qayd etish kerakki, ushbu shahar avval ham, 2002-yilda, ushbu nufuzli turnirni qabul qilgan edi. Mezbonlikni qoʻlga kiritish uchun 'Yuta 2034' delegatsiyasiga Yuta gubernatori Spenser Koks, Solt-Leyk-Siti meri Erin Mendenxoll, AQSH Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Jean Sayks boshchilik qilishdi.Maʼmurlar dunyo sportchilarini Yuta shtatida kutib olishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Gubernator Koks bu turnirning qabul qi

15 Jul 12:02
 
41
0
qalampir.uz

Germaniya Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorlanmoqda

Germaniya hukumati o‘z harbiylarini 2029 yilgacha Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri urushga tayyorlamoqchi. Bu haqda kecha, 12 iyul kuni “Bild” nashri xabar berdi. Germaniya Mudofaa vaziri Karsten Breyerning bayonotiga tayangan holda gazeta bergan hisobotda aytilishicha, rasmiy Berlin 2029 yilga borib Rossiyaning NATOga to‘g‘ridan to‘g‘ri hujumi uchun qulay sharoitlar yaratilishidan xavotirda. “Siz taqvimingizda 2029 yilni belgilab qo‘ying. O‘sha va

15 Jul 12:02
 
57
0
qalampir.uz

2080 yilga borib dunyo aholisi 10,3 milliardga yetadi – BMT

Kelgusi 60 yil ichida dunyo aholisi o‘sishda davom yetib, 2080 yillarning o‘rtalariga kelib 10,3 milliardga yetadi. Bu haqda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti hisobotida so‘z boradi. “Dunyo aholisi yana 50-60 yil davomida o‘sishda davom etishi kutilmoqda va 2080 yillar o‘rtalarida 2024 yildagi 8,2 milliarddan 10,3 milliardga yetadi. Eng yuqori cho‘qqiga chiqqandan so‘ng u pasayib, asr oxiriga borib sekin-asta 10,2 milliard kishiga