calendar 23 Jun 16:35
eye 90
comments 0
comments Manba: postda.uz

Jangovar birodarlik

image

Namangan viloyati Pop tumanida tug‘ilgan Doni­yor Qodirov tibbiyot kollejini tugatib, muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgach, shartnoma asosida xizmatni davom ettirishga qat’iy qaror qildi. Bugungi kunda 3-darajali serjant D. Qodirov alohida vazifalarni bajaruvchi safarbarlik guruhi bosh mutaxassisi – feldsher lavozimida xizmat qilmoqda.

– Xizmat faoliyatim o‘zimga juda yoqadi, – deydi Doniyor Qodirov. – Qat’iy harbiy intizom, aniq kun tartibi – bular ayni menbop. Oilam va yaqinlarim men bilan faxrlanishadi. Turmush o‘rtog‘im Fotima bilan uch yoshli Mustafo ismli o‘g‘ilni voyaga yetkazyapmiz.

Nurshod Bozorov Navoiy viloyatining Nurota tumanida tug‘ilgan. 2019-yildan 

buyon katta mutaxassis-o‘qchi lavozimida xizmat qilmoqda. 3-darajali serjant N. Bozorov bo‘sh vaqtlari­da og‘ir atletika va sharq yakkakurashi bilan astoydil shug‘ullanadi.

– Har bir er yigit Vatan himoyachisi bo‘lishi ke­rak, – deydi Nurshod Bozorov. – Xizmat yillari davomida do‘stlik, og‘ir damlarda safdoshlarning yelkadosh bo‘lishi nima ekanligini chuqur anglab yetdim. Ko‘p farzandli oilada o‘sganman. Ota-onam Mamatqul aka va Matluba opa to‘rt o‘g‘il, bir qizni voyaga yetkazishdi. Ukala­rim Navoiy kon-metallur­giya kombinatida ishlaydi.

– Kasb-hunar kollejini tamomlab, ekskavator ope­ratori yordamchisi sifatida faoliyat olib bordim, – deydi kichik serjant Otabek 

Qo­dirov. – Harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgach, kontrakt bo‘yicha xizmatni davom ettirishga qaror qildim. 2018-yilda mazkur harbiy qismga keldim, qisqa muddatli kurslardan so‘ng alohida vazifalarni bajaruvchi guruhda pulemyotchi etib tayinlandim. Ota-onam, qarindoshlarim Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida istiqomat qilishadi. Har yili mehnat ta’tili paytida rafiqam Latofat hamda o‘g‘illarim Akobir va Javohir bilan tug‘i­lib o‘sgan maskanimizga dam olgani boramiz.

Boris KLEYMAN,

o‘z muxbirimiz.

Suratda: (o‘ngdan chapga) 3-darajali serjantlar Nurshod Bozorov va Doniyor Qodirov, kichik serjant Otabek Qodirov.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

28 Jul 21:06
 
132
0
xs.uz

Savdo sohasidagi korxonalar 6 oyda qancha soliq toʻlagani maʼlum qilindi

Maʼlum qilinishicha, shundan 1,2 trln soʻmi, yaʼni 10 foizi 20 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi.Ularning jami tovar aylanmasi 25,3 trln soʻmni, qoʻllagan soliq imtiyozlari esa 311,9 mlrd soʻmni tashkil etgan.Ushbu 20 ta soliq toʻlovchi tomonidan taʼminlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

11 Jul 15:12
 
114
0
xs.uz

Dollar kursi oshishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'14,54'soʻmga oshdi va'12 618,26'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham'29,62'soʻmga koʻtarilib,'13 675,67'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,31'soʻmga pastlab,'142,90'soʻmni tashkil qildi.

11 Jul 15:12
 
101
0
xs.uz

Toshkentda bankni oʻmarmoqchi boʻlgan kiberjinoyatchilar ushlandi

Toshkent shahridagi banklarning birini oʻmarmoqchi boʻlgan kiberjinoyatchilar ish ustida dalillar bilan qoʻlga olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan. Natijada, bank hisob raqamlari hamda bank ilovasiga ulangan fuqarolarning plastik kartalarida saqlanayotgan pul mablagʻlarini xakerlik hujumi orqa

11 Jul 15:12
 
66
0
xs.uz

Dollar kursi oshishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'14,54'soʻmga oshdi va'12 618,26'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham'29,62'soʻmga koʻtarilib,'13 675,67'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,31'soʻmga pastlab,'142,90'soʻmni tashkil qildi.