calendar 20 Jun 12:53
eye 91
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda burqa kiyib olgan erkak aniqlandi

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chorsu bozorida ayollar kiyimini kiyib olgan erkak ushlanganligi haqida xabarlar tarqaldi. 

Unda aytilishicha, burqa kiyib olgan shaxs yuzini to‘sgancha poytaxt bo‘ylab harakatlanayotganda IIO xodimlari tomonidan tekshirilgan. Shu vaqt uning ayol emas, balki ayollar libosini kiyib olgan erkak kishi va Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida yashovchi P.B ismli shaxs ekani aniqlangan. 

QALAMPIR.UZ Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov bilan bog‘langanda, tez orada bu haqda rasmiy munosabat berilishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning 31 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qonun bilan Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, yuzni to‘sib turuvchi kiyimlarni kiyganlik uchun jarima belgilandi.

Qonun bilan jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sib yurgan shaxsga nisbatan BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 300 ming so‘mdan 4 mln 950 ming so‘mgacha) miqdorda jarima qo‘llanilishi belgilandi. Shuningdek, ushbu holatda tibbiy ruxsatnoma mavjudligi, xodimning ishi ushbu vaziyatni taqozo etishi kabi ba’zi istisnolar ham mavjud.

Asadbek Komilov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Aug 06:37
 
13
0
xs.uz

Davlat jismoniy shaxslarning banklardagi omonatlarini kafolatlashi mumkin – Qonun loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida majlisida 'Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda atroflicha muhokama qilinmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.Mamlakatimizda omonatlarni kafolatlash tizimi bilan barcha tijorat banklari qamrab olinmagani bois jismoniy shaxslar boʻlgan koʻplab mijozlarga xizmat koʻrsatuvchi Xalq banki omonatlarni kafolatlash tizimida i

22 Jul 18:49
 
63
0
qalampir.uz

Bolasini muntazam kaltaklagan o‘gay ona jazolandi (video)

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida bolasini muntazam kaltaklab, ruhiy zo‘ravonlik qilgan o‘gay ona jazolandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. Bildirilishicha, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi 13 yoshli S.R  ismli qizga o‘gay onasi tomonidan 2023 yil davomida muntazam ravishda jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qilib kelingan. Shuningdek, ayol qizni kuchli qo‘rquv hosil qilish yo‘li orqali o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqiti

19 Jul 12:42
 
83
0
xs.uz

Sof quyma oltin boʻlagini 11 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida 11 ming AQSH dollariga sof quyma oltin boʻlagini sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, departamentning Shofirkon tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.I. va S.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqarolar N.B. va U.M.ga ogʻirligi 154,3 gramm boʻlgan 1 dona sof quyma oltin boʻlagini 11 mi

28 Jul 15:22
 
75
0
xs.uz

Oʻzbekistonliklar Serbiyaga yuqori maoshli ishga taklif qilinmoqda

Togʻ-kon sohasiga taklif etilayotgan ish uchun oylik maosh 2083 yevroni tashkil etadi.Talabgorlar 25-45 yoshda boʻlishi, mutaxassisliklar boʻyicha bakalavr diplomiga, 3-yildan 5-yilgacha tajribaga ega boʻlishi lozim. Shuningdek ingliz va rus tillarida erkin muloqot qila olishi kerak.Haftada 6 ish kuni boʻlib, 2083 yevro ish haqidan tashqari bajarilgan ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi. Ishchilar bepul yashash joyi bilan taʼminlanib, tibbiy sugʻurta qilinadi. Ishchi viza rasmiy