calendar 19 Jun 23:04
eye 55
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bishkek Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li to‘g‘risidagi hujjatni ratifikatsiya qildi

image

Qirg‘iziston parlamenti Xitoy va O‘zbekiston bilan birgalikda temiryo‘l qurish bo‘yicha uch tomonlama shartnomani ratifikatsiya qildi. Bu haqda Qirg‘iziston oliy qonun chiqaruvchi organi matbuot xizmati xabar berdi. 

“Bugun, 19 iyun kuni Oliy Kengash yig‘ilishida deputatlar 2024 yil 6 iyun kuni Pekin shahrida imzolangan “Xitoy Xalq Respublikasi hukumati,  Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida iyun oyida imzolangan “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temiryo‘li loyihasini birgalikda ilgari surish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunni uchinchi o‘qishda qabul qildi”, deyiladi xabarda. 

Qirg‘iziston transport va kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Irisbek Bariyev parlament yig‘ilishida ta’kidlaganidek, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirishni boshlash imkonini beradi. Uning fikricha, loyihaning amalga oshirilishi Qirg‘iziston iqtisodiyotini rivojlantirishda umumiy ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy samara beradi va aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlarini kengaytirish, transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirishga sezilarli hissa qo‘shadi. 

Bariyevning so‘zlariga ko‘ra, yangi temiryo‘l yo‘lagi “Yevrosiyo kontinental ko‘prigi”ning janubiy tarmog‘iga aylanadi va respublikaning Janubi-Sharqiy, G‘arbiy Osiyo va Yaqin Sharq bozorlariga chiqish yo‘llarini ochadi. Bu yo‘nalish Xitoydan Qirg‘izistonga, shuningdek, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari, jumladan Turkiya va undan keyin Yevropa Ittifoqiga yuklarni tezroq yetkazib berishni ta’minlaydi. Loyiha, shuningdek, yuklarni yetkazib berish masofasi va vaqtini qisqartirish orqali xalqaro tranzit bozorida raqobatbardoshlikni oshirishni ta’minlaydi. 

Qurilishi yaqin kunlarda boshlanishi rejalashtirilgan yangi temiryo‘lning uzunligi 454 kilometrni tashkil etadi. MDH va Xitoy turli kenglikdagi yo‘llardan foydalanishi sababli Qirg‘iziston hududida vagon g‘ildiraklarini almashtirish stansiyasi quriladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
30
0
xs.uz

Folklend orollari yaqinida kema choʻkib ketdi. Qurbonlar bor

Folklend orollari yaqinida Norvegiyaning 'Argos Georgia' baliqchi kemasi choʻkib ketishi oqibatida uch nafar Rossiya fuqarosi halok boʻldi. Bu haqda 'RIA Novosti' agentligiga Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.'Folklend qirgʻoq qoʻriqlash xizmati va kema egasining maʼlumotlariga koʻra, bortda sakkiz nafar rossiyalik boʻlgan. Ulardan toʻrt nafari omon qolgan, uch nafari halok boʻlgan, bir nafari bedarak yoʻqolganlar roʻyxatiga kiritilgan', ' de

21 Jul 23:38
 
86
0
qalampir.uz

Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik oilaning 4 a’zosi o‘ldirib ketildi

AQSHning Nyu-York shahrida o‘zbekistonlik oilaning 4 nafar a’zosi o‘ldirib ketildi. Bu haqda “Pix 11” xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Bruklinda bir oilaning to‘rt a’zosi, jumladan, ikki yosh bola halok bo‘lgan. Politsiya 24 yashar gumonlanuvchini qo‘lga olgan. U oila egasining ukasi va hozirda hibsga olingan. U 56 yoshdagi onasi, akasining 27 yoshli ayoli va 4 va 5 yoshli jiyanlarini o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda. Nashrning qayd etishicha, gumonlanuvchi ru

16 Jul 22:55
 
146
0
qalampir.uz

Makron Fransiya harbiylarini “ertangi urushga” tayyorlanishga chaqirdi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ertangi urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda Prezident kecha, 14 iyul kuni milliy bayram munosabati bilan fransuz armiyasining yuqori saflariga yo‘llagan an’anaviy murojaatida so‘z ochdi. Fransiya Prezidenti Ukraina mojarosidan olingan saboqlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlab, armiyani qayta qurollantirishni tezlashtirishga va 2025 yilgi harbiy dasturga tuzatishlar tayyorlashga chaqirdi. Tuzatish faqat tafsilotlar va mablag‘la

11 Jul 17:02
 
74
0
qalampir.uz

Sanches NATOdan G‘azo bo‘yicha birlik talab qildi

Ispaniya NATOdan Ukrainadagi kabi G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha ham bir xil “birlik va izchillikni” talab qilmoqda. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Pedro Sanches Vashingtondagi NATO hukumati va davlatlari rahbarlarining yubiley, 75-sammitining yopiq sessiyasida ma’lum qildi. “Bizni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashimizga putur yetkazadigan ikki tomonlama standartlarni qo‘llashda ayblab bo‘lmaydi. Aksincha, biz G‘azoga nisbatan Rossiyaning Ukrainani bosib o