calendar 19 Jun 16:52
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bayden muhojirlarga AQSH fuqaroligini bermoqchi

image

Kecha, 18 iyun kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden  Shtatlarda qonuniy maqomga ega bo‘lmagan yuz minglab muhojirlarga potensial fuqarolikni taklif qilish bo‘yicha keng ko‘lamli saylov aksiyalarini o‘tkazishni buyurdi. Bu haqda “ABC News” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqarolikni qo‘lga kiritish uchun immigrant AQSHda kamida 10 yil yashagan hamda AQSH fuqarosi bilan turmush qurgan bo‘lishi kerak. Agar muhojir yuqoridagi talablarga javob bersa, ularning arizasi qabul qilinadi va uch yil davomida “Green Card”ga ariza topshiradi. Shu vaqt davomida muhojir vaqtinchalik ishlash uchun ruxsatnomaga ega bo‘ladi, shuningdek deportatsiyadan himoyalanadi.

Shu bilan birga, otasi yoki onasi AQSH fuqarosi bilan turmush qurgan 50 000 ga yaqin fuqaroligi bo‘lmagan bolalar ham jarayonga mos kelishi mumkin.

Bildirilishicha, ma’muriyat arizalarni yoz oxirigacha qabul qilishini ma’lum qilgan. To‘lov miqdori esa hali aniqlanmagan.

“Ozodlik haykali Amerikadagi shunchaki  tarixiy yodgorlik emas. Bu hali ham bizning kimligimizni ko‘rsatadi. Immigratsiyani qo‘llab- quvvatlaymiz degani, chegaralarimizni himoya qilishdan voz kechmaymiz degani emas”, deydi Bayden Oq uyda so‘zlagan nutqida.

Nashrga ko‘ra, Baydenning  bu harakatlari  immigratsiyaga nisbatan ommaviy deportatsiyaga undayotgan va muhojirlarni xavfli jinoyatchi sifatida ko‘rayotgan Donald Tramp bilan jiddiy siyosiy ziddiyatni keltirib chiqaradi.

Bayden nutqi davomida Trampni muhojirlar haqidagi qo‘rquvga berilib ketganlikda, shuningdek, uning bu harakatlari janubiy chegarada oilalarning ajralishiga olib kelayotganini tanqid qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 10:14
 
52
0
qalampir.uz

Xitoyda savdo markazidagi yong‘in oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi (video)

Kecha, 17 iyul kuni Xitoyning Szigun shahridagi savdo markazida katta yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida kamida 16 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi. Sichuan provinsiyasi hududida joylashgan 14 qavatli binodagi yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 18:00 atrofida boshlangan. Yong‘in birinchi qavatda sodir bo‘lgan. Taxminan to‘rt soatdan so‘ng, qutqaruvchilar savdo markazidan yong‘in tufayli qamalib qolgan 75 kishini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘

17 Jul 13:54
 
66
0
qalampir.uz

AQSH Eronning Trampni o‘ldirish rejalari haqida ma’lumot olgan – CNN

AQSH hukumati so‘nggi haftalarda Eron tomonidan AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirgani haqida razvedka ma’lumotlariga ega bo‘lgan. Bu haqda kecha, 16 iyul kuni manbalarga tayanib, CNN xabar berdi. CNN suhbatdoshlariga ko‘ra, AQSH Maxfiy xizmati Tramp kampaniyasini tahdid kuchayganligi haqida Tramp Pensilvaniyadagi mitingda otishmada yaralangan 13 iyuldan oldin xabardor qilgan. “Shu bilan birga, Trampni otgan Tomas Metyu Kruksning Eron fitnasiga qand

11 Jul 15:12
 
75
0
xs.uz

Zelenskiy Baydendan Rossiyaga zarba berishga qoʻyilgan har qanday taqiqni olib tashlashni talab qilmoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH prezidenti Jo Baydenni Rossiya hududiga zarba berishga qoʻyilgan har qanday taqiqni bekor qilishga chaqirdi. Bu haqda 'Neue Zhtml5-dom-document-internal-entity1-uuml-endrcher Zeitung' nashri yozmoqda.Nashrga koʻra, u Baydendan Rossiya hududidagi harbiy nishonlarga Gʻarb qurollari bilan hujum qilish uchun barcha cheklovlarni olib tashlashni talab qilgan.Maqolada Zelenskiy Ukraina bu qadamni kutayotgani qoʻshimcha qilingan. Izohlanishicha, Rossiya hud

11 Jul 15:12
 
44
0
xs.uz

Ukraina Rossiya hududlariga zarba berish uchun cheklovlar olib tashlanishini istayapti

AQSH, Germaniya, Niderlandiya, Italiya va Ruminiya NATO sammitida Ukrainaga yana beshta strategik havo mudofaa tizimini yetkazib berishini eʼlon qildi.Oq uyga koʻra, toʻrtta 'Patriot' akkumulyatori va ular uchun butlovchi qismlar, shuningdek, SAMP-T tizimi Kiyevga oʻtkaziladi.Bundan tashqari, yaqin kelajakda AQSH va ittifoqchilar Ukrainaga havo hujumidan mudofaa uchun oʻnlab taktik tizimlar, jumladan NASAMS, HAWK, IRIS T-SLM, IRIS T-SLS va Gepard tizimlarini yetkazib berish niyatida. Qoʻsh