calendar 19 Jun 10:23
eye 60
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yevrokomissiya Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ tuzdi

image

Yevropa Komissiyasi Ukrainaga yordam jamg‘armasi doirasida taftish komissiyasini tuzdi. Bu haqdagi tegishli qaror kecha, 17 iyun kuni Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etildi.

Mazkur organ Ukraina rasmiylariga Kiyevga ko‘rsatilgan yordamdan foydalanishni nazorat qilish, shuningdek, firibgarlik, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishda yordam berishi uchun mo‘ljallangan. U uch a’zodan iborat bo‘lgan holda Bryusseldan turib faoliyat olib boradi.

Hujjatda aytilishicha, Ukrainadagi korrupsiyaga qarshi kurashuvchi yangi organ Yevrokomissiyaga doimiy hisobot berib turadi. Ushbu antikorrutsion tashkilot 2028 yil 30 iyungacha bo‘lgan muddat davomida uch a’zodan iborat bo‘lishi belgilangan. U Bryusseldan turib ishlashiga qaramay, alohida kotibiyati Kiyevda joylashishi nazarda tutilgan.

Yevropa Komissiyasining qaroriga ko‘ra, taftish komissiyasining kamida oltita yig‘ilishi har yili Bryusselda o‘tkazilishi lozim. Ba’zi hollarda ular boshqa joylarda yoki onlayn formatda o‘tkazilishi ham mumkin. Shuningdek, auditorlar yiliga olti marta agar sharoit imkon bersa, Kiyevga tashrif buyurishlari kerakligi qayd etilgan.

2023 yilning iyun oyida Kiyevga uch yil davomida 50 milliard yevro ajratish rejasi munosabati bilan Bryussel Ukrainani mablag‘ bilan ta’minlash uchun qo‘shimcha shartlarni e’lon qilgan edi. Shartlar uchta asosiy punktdan iborat.

Birinchidan, Ukraina yordam samaradorligini oshirish uchun audit va nazorat tizimini modernizatsiya qilishi kerak edi. Ikkinchidan, Yevrokomissiya rejani amalga oshirish jarayonida istalgan vaqtda tekshiruv o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishi belgilangandi. Uchinchi talabga ko‘ra esa, mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklar, firibgarlik va korrupsiyaning oldini olish uchun mustaqil auditorlik kengashi tashkil etilishi e’lon qilindi. U davlat mablag‘larini har qanday aniqlangan yoki shubhali tarzda noto‘g‘ri boshqarilgan holatlar, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan kamchiliklar to‘g‘risida Yevropa Komissiyasiga hisobot berishi shart ekanligi uqtirilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:38
 
50
0
xs.uz

“Xiaomi”ning “SU7 Ultra” elektromobili noroziliklarga sabab boʻldi

'Xiaomi' kompaniyasining 'SU7 Ultra' mashinalari ustidan bir nechta mijozlar shikoyat qilishgan. Bu haqda 'CarNewsChina' nashri xabar qildi.Norozilikka eʼlonlarda funksionalligi aytilgan karbon tolali mashina kapotining faqat dekoratsiya vazifasini bajarayotgani sabab boʻlgan.7-may kunida esa kompaniya oʻzining marketing xabarlaridagi chalkashlikni tan olib, uzr soʻradi. 'Xiaomi' uglerod tolali kapot birinchi navbatda avtomobil koʻrinishida oʻzgarish yasash va qisman havo oqimi yoʻnalishi

13 May 14:38
 
55
0
xs.uz

Tramp Saudiya Arabistoniga keldi

AQSH prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga rasmiy tashrif bilan keldi va Yaqin Sharq boʻylab toʻrt kunlik safarini boshladi. Bu haqda 'Al Arabiya' telekanali xabar berdi.Bu uning qayta saylanganidan keyin amalga oshirgan birinchi xorijiy safari hisoblanadi.'Tramp seshanba kuni ertalab Saudiya Arabistoniga Fors koʻrfazi mintaqasi boʻylab toʻrt kunlik safarini boshlash uchun yetib keldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal xabariga koʻra, tashrif davomida asosiy eʼtibor m

13 May 14:38
 
144
0
xs.uz

HAMAS AQSH fuqarosini ozod qildi. U soʻnggi tirik asir boʻlishi mumkin

HAMAS garovga olingan AQSH va Isroil fuqarosi hisoblangan Aleksander Idenni ozod qildi. 'The Times of Israel' nashrining xabar berishicha, Iden Xalqaro qizil Xoch qoʻmitasi xodimlariga topshirilgan. Hozirda u Isroil hududida.Taʼkidlanishicha, 20 yoshli Aleksander yaxshi jismoniy holatga ega emas, unda mushak distrofiyasi belgilari aniqlangan. 2023-yil oktyabr oyida qoʻlga olingan paytda Isroil armiyasida xizmat qilgan Aleksander Amerika fuqaroligiga ega boʻlgan HAMAS qoʻlidagi soʻnggi tiri

13 May 14:38
 
154
0
xs.uz

Xitoy navbatdagi sunʼiy yoʻldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi

Xitoy yangi 'Shiyan-19' tajriba sunʼiy yoʻldoshini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Xitoy Aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi xabariga koʻra, undan sunʼiy yoʻldosh aloqasi texnologiyasi boʻyicha tajribalar oʻtkazishda foydalaniladi.Uchirish seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:09 da mamlakat janubi-gʻarbidagi Sichuan provinsiyasida joylashgan Sichan kosmodromidan 'Chanchjen-3S' raketasi yordamida amalga oshirildi.Korporatsiyaning taʼkidlashicha, sunʼiy yoʻldosh birinc