calendar 18 Jun 15:43
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xorazmda bozor yondi (video)

image

Xorazm viloyatidagi bozorlardan biri yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, yong‘in bugun, 18 iyun kuni soat tungi 02:30 da viloyatning Hazorasp tumani “Bog‘dor” MFY hududida joylashgan “Hazorasp universal savdo kompleksi” AJ hududida sodir bo‘lgan hamda FVBga bu haqda xabar kelib tushgan. 

Xabarga asosan yong‘in-qutqaruvchilar soat 02:35 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 04:04 da to‘liq bartaraf qilingan. Yong‘in-qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida yong‘in maydonini boshqa do‘konlarga o‘tib, kengayishi oldi olingan va savdo kompleksi hududining 4200 kv metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida 300 kv metr maydonda joylashgan aralash turdagi mollar savdo do‘konlari yonib zararlangan. 

Bildirilishicha, hozirda yong‘inning yuzaga kelish sababi hamda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda g‘alla maydoni yonib ketgani haqida xabar berilgandi.

Asadbek Komilov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Jul 11:00
 
87
0
qalampir.uz

Moped, skuter va 103 mashinalari uchun alohida davlat raqamlari joriy etilmoqda

O‘zbekistonda tez tibbiy yordam avtomobillari, elektromototsikl, moped va skuter uchun alohida davlat raqam belgilari joriy etiladi. Bu haqda joriy yilning 17 iyul kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarorida keltirilgan. Qarorga ko‘ra: Yo‘l harakati qoidalariga elektromototsikl, skuter va individual harakatlanish vositalarida haraka

26 Jul 13:42
 
71
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dam olish kunlari jazirama issiq boʻladi

Unga koʻra, dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo kam bulutli va juda issiq boʻladi. Hududning katta qismida havo harorati kunduz kunlari 38-43 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 44-45 darajagacha isiydi.Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-23 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.Toshkentda havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat ke

26 Jul 10:21
 
40
0
xs.uz

Ayrim sohalarda kadrlar tayyorlash tizimi 3-yillik boʻladi

Qarorga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan davlat oliy taʼlim muassasalarida turizm va mehmonxona xoʻjaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy taʼlim dasturlari asosida yoʻlga qoʻyiladi va oʻquv jarayoni 'blok-modul' tizimiga asoslangan dual taʼlim shaklida tashkil etiladi.Bunda, oʻquv jarayonlarining nazariy va amaliy mashgʻulotlar ulushini:2024-yil 1-avgustdan turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan amaliyo

29 Jul 12:57
 
51
0
xs.uz

Samarqandda qariyb 50 kishini chet davlatlarga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyatida 47 kishini chet davlatlarga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro V.I. fuqarolar E.X. va B.B.ning ishonchiga kirib, ularni Angliya davlatiga ishga yuborishi evaziga 4 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qo