calendar 18 Jun 13:37
eye 77
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Krokus terakti” tergovi qachon tugashi ma’lum bo‘ldi

image

Rossiyaning Moskva shahri yaqinidagi “Krokus Siti Holl” konsert zalida sodir etilgan terakt ishi bo‘yicha tergov qachon tugashi haqida dastlabki taxminlar paydo bo‘ldi. Bu haqda ayblanuvchilardan birining advokati ma’lum qildi.

Himoyachining bergan intervyusiga ko‘ra, mamlakatning tergov organlari tez orada jarayonni yakunlaydi va 2024 yilning avgust oyida ish ko‘rib chiqish uchun sudga yuboriladi. 

“Bu ish bo‘yicha tergov harakatlari yaqin kunlarda yakunlanadi, shundan so‘ng ish materiallari ko‘rib chiqish uchun joriy yilning avgust oyidan kechiktirmay sudga topshiriladi. Ehtimol, ishni Ikkinchi G‘arbiy okrug harbiy sudi ko‘rib chiqadi”, deydi advokat.

Shuningdek, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish va e’tiborsizlik holatlari alohida ish yuritishga ajratilib, ular yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumot uchun, “Krokus Siti Holl”dagi terakt joriy yilning 22 mart kuni sodir bo‘lgan – qurolli shaxslar konsert zaliga bostirib kirib, odamlarga qarata o‘q uzishni boshlagan. Ular binoga o‘t qo‘yib, qochib ketgan. Terakt oqibatida 145 kishi halok bo‘ldi, 550 dan ortiq kishi jarohatlandi. Hujum uchun javobgarlikni ISHIDning “Viloyati Xuroson” guruhi o‘z zimmasiga oldi. Jami 20 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochilib, ayblanuvchi sifatida ularning 18 nafariga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Qolgan 2 nafariga esa yashash joyini tark etmaslik majburiyati yuklangan.

Bundan tashqari, teraktdan ko‘p o‘tmay, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 293-moddasi (beparvolik)ga ko‘ra, “Krokus” yong‘in xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i va ushbu ob’ektdagi yong‘in xavfsizligi uchun mas’ul shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya “Krokus” teraktini fosh qilishda O‘zbekistondan yordam olayotgani aytilgandi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov esa teraktdan maqsad MDHdagi munosabatlarni buzish bo‘lganligini ta’kidladi. Shu bilan birga, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon shu yilning 9 may kuni  Putin bilan bo‘lgan suhbatda terakt Tojikiston imijiga jiddiy putur yetkazganini aytgandi.

Asadbek Komilov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
130
0
xs.uz

Yaqin orada tinchlik boʻlishini kutmayapman — Tramp Putinga yana qoʻngʻiroq qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berdi. Unga koʻra, Putin Ukrainaning Rossiya harbiy aerodromlariga bergan zarbalariga javob berish niyatida.'Bu yaxshi qoʻngʻiroq boʻldi, lekin zudlik bilan tinchlikka olib keladigan qoʻngʻiroq emas', ' deydi Oq uy rahbari.Trampning soʻzlariga koʻra, 1 soat 15 daqiqa davom etgan suhbat davomida u Putin bilan Rossiya harbiy aerodromlariga qilingan hujum ' Ukrainaning 'Oʻrgimch

31 May 08:50
 
31
0
xs.uz

Tramp Kanadaning oldiga ikki shart qoʻydi: “Oltin Gumbaz” yoki AQSH tarkibi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada 'Oltin Gumbaz' raketalarga qarshi mudofaa tizimida ishtirok etmoqchi boʻlsa, 61 milliard dollar toʻlashi kerakligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, agar Kanada AQSH tarkibiga qoʻshilishni tanlasa, mazkur tizimga bepul kirish imkoniga ega boʻladi.Tramp bu haqda 'Truth Social' tarmogʻidagi postida maʼlum qilib, Kanada 'Oltin Gumbaz' tizimiga qoʻshilishni qatʼiy istashini va hozirda taklifni koʻrib chiqayotganini aytdi. Uning ushbu bayonoti Kanada parl

21 Apr 08:34
 
1192
0
xs.uz

Global isish jahon yalpi ichki mahsulotini 40 foizga qisqartiradi

Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot, agar 2100-yilga borib Yer sharidagi haroratning issiqlik darajasi Selsiy shkalasi boʻyicha 4 gradusga (sanoatlashishdan oldingi davrga nisbatan) koʻtarilsa, dunyo iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlar yuzaga kelishidan ogohlantiradi.Jahon yalpi ichki mahsuloti 40 foizga pasayishi kutilmoqda, bu avvalgi 11 foiz baholanganidan ancha yuqori. Chunki koʻpgina iqlim prognozlari savdo va resurslar orqali mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni hisobga olmaydigan maha

21 Apr 08:34
 
1173
0
xs.uz

“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi

Italiyaning mashhur avtomobil kompaniyalaridan boʻlgan 'Ferrari' oʻz tarixida ilk bora elektromobil ishlab chiqarmoqchi. Mashinaning taqdim etilishi shu yilning 9-oktyabriga rejalashtirilgan. Bu haqda 'Reuters' xabar qildi.Yangi model toʻliq kompaniya tomonidan mustaqil tarzda yigʻilib, barcha asosiy elektr uskunalari 'Ferrari' tomonidan yasaladi. Elektr komponentlari ishlab chiqarish va yigʻish uchun yangi sex ham qurilmoqda.'Ferrari' yangi elektromobil uchun uch xil elektr uzatmalar tizim