calendar 17 Jun 13:35
eye 40
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Zelenskiy G‘arbning yordami Ukraina uchun yetarli bo‘lmayotganidan nolidi

image

Ukraina Rossiya bilan urushda g‘alaba qozonishi uchun G‘arb davlatlarining yordami hali etarli emas. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Shveysariyadagi tinchlik sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

“Yordam bor. Jiddiy paketlar bor. Yutish uchun yetarlimi? Yo‘q”, deydi Zelenskiy.

Shuningdek, Zelenskiy yordam kechikayotganini ham ta’kidladi va Ukraina uchun zarur bo‘lgan ushbu qo‘llab-quvvatlovchi paketlar yaqin kelajakda kuchaytiriladimi, degan savolga javoban, uning ma’muriyati mazkur masala ustida ishlar olib borayotganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta G7 davlatlari Ukrainaga kamida 50 milliard dollar kredit berish bo‘yicha kreditlash tizimini kelishib oldilar.

Bundan tashqari, 2022 yil fevralida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro boshlanganidan buyon Vashington Kiyevning asosiy qo‘llab-quvvatlovchisi bo‘lib, unga allaqachon 113 milliard dollarga yaqin harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:12
 
72
0
xs.uz

NATOga birlashgan kuchini koʻrsatib qoʻyish uchun Rossiya va Xitoy qoʻshma mashgʻulot boshladi

Rossiya va Xitoy harbiy-dengiz kuchlari shu hafta Osiyo hududida qoʻshma dengiz mashgʻulotlari oʻtkazib, NATOga qarshi birlashgan kuchlarini koʻrsatmoqda. Bu harakat NATO yetakchilarining Rossiyaning davom etayotgan harbiy harakatlari fonida Ukrainani qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan Vashingtondagi yigʻilish bilan bir davrga toʻgʻri keldi. Bu haqda 'Newsweek' xabar berdi.TASS xabariga koʻra, Rossiyaning 'Rezkiy' va 'Gromkiy' nomli ikki harbiy kemasi Vladivostokdan Osiyo-Tinch ok

11 Jul 15:12
 
93
0
xs.uz

Isroilning Gʻazodagi maktabga qilgan hujumi oqibatida 29 kishi halok boʻldi

Isroil havo kuchlarining Gʻazo janubidagi maktab yaqinidagi qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 29 falastinlik halok boʻldi. Oʻnlab odamlar yaralangan.Xabarlarga koʻra, Xon Yunisning sharqiy qishloqlaridan koʻchirilgan odamlar yashaydigan Al-Avda maktabi hududiga zarba yoʻllangan.Voqea guvohlarining soʻzlariga koʻra, hujum keng koʻlamli vayronagarchilik, ayollar va bolalarning oʻlimiga olib kelgan. Oʻsha paytda bozor va turar-joy binolari joylashgan hudud atrofida

18 Jul 16:51
 
50
0
xs.uz

FIFAda terma jamoalar reytingi yangilandi. Oʻzbekiston koʻtarilishga erisha oldimi?

Reytingning yuqori qismida jahon chempionatining vitse-chempioni Fransiya ikkinchi oʻrinni egallab turgan boʻlsa, 'Yevro-2024' gʻolibi Ispaniya 5 pogʻona koʻtarilib, kuchli uchlikni yakunlab berdi.Shuningdek, Angliya toʻrtinchi, Braziliya beshinchi, Belgiya oltinchi, Niderlandiya yettinchi, Portugaliya sakkizinchi, 'Copa America' vitse-chempioni Kolumbiya toʻqqizinchi, shonli Italiya esa kuchli oʻninchi terma jamoa sifatida qayd etilgan.Osiyo terma jamoalari orasida Oʻzbekiston 8-oʻrin

15 Jul 12:03
 
66
0
xs.uz

Dunyoda maymun chechagi kasalligi yana avj ola boshladi — JSST

Maʼlum qilinishicha, kasallik shu yil 8-maydan 2-iyul sanasiga qadar Janubiy Afrika Respublikasida yashovchi 20 nafar bemorda aniqlangan. Infeksiya oqibatida 3 kishi hayotdan koʻz yumgan. Bu mintaqada 2022-yildan buyon qayd etilgan ilk holat.Bungacha besh kishiga maymun chechagi tashxisi qoʻyilgan, biroq oʻlim holatlari qayd etilmagandi. 2024-yilning 1-mayidan 31-mayiga qadar 26 ta davlatda ushbu virusni yuqtirgan 646 nafar bemor roʻyxatga olingan.Eng koʻp kasallanish koʻrsatkichlari Afri