1946-yil Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tug‘ilgan Shavkat Mamadaliyev harbiy xizmatdan keyin o‘rta maktabda o‘qituvchilik qilgan.Toshkent davlat universiteti yuridik fakul'tetining sirtqi bo‘limida tahsil olish bilan birga, Chirchiq shahrida turli lavozimlarda ishladi.1974-yil yo‘llanma bilan Sirdaryo viloyati IIB tasarrufiga yuborilgan Sh. Mamadaliyev Sirdaryo tumani IIB boshlig‘ining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida xizmatni boshladi. Yosh xodimga general-mayor Otamurod Muhammadiyev, polkovnik Serikboy Jumatayev kabi ustozlar yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishdi. 1974–1976-yillarda tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 1977–1979-yillarda Mehnatobod tumani IIB boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan Sh. Mamadaliyev ushbu tumanlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida sezilarli natijalarga erishdi.Saksoninchi yillarning boshida qariyb ikki yil davomida Moskvada ta'lim olib qaytgan Shavkat Mamadalievni Sirdaryo viloyati IIB shtab boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlashadi. Shtabning ishi barcha jarayonlarni muvofiqlashtirish, hujjatlarni to‘g‘ri yuritish kabi vazifalarni o‘z ichiga olardi. Allaqachon muayyan tajribaga ega mayor Sh. Mamadaliyev uchun bu ishlar aslo qiyinchilik tug‘dirmadi. 1989-yilda esa Boyovut tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 1994–1997-yillar davomida Sirdaryo viloyati IIB M va FRB boshlig‘i vazifasida sidqidildan xizmat qilib, tizimdagi 33 yillik faoliyatidan so‘ng hurmat va ehtirom bilan pensiyaga chiqdi. Polkovnik Shavkat Mamadaliyevning o‘nlab shogirdlari bor. Ular orasida polkovnik Tohir Musayev, Sirdaryo tumani IIB JQB katta tezkor vakili lavozimida ishlagan kapitan Erkin Abdurahmonov, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Jumatayevlarning nomini alohida tilga oladi. Shavkat ota to‘rt nafar farzandni tarbiyalab, uyli-joyli qildi. O‘g‘li Otabek Shavkatov ota izidan ketdi. Uzoq yillar ichki ishlar tizimida faoliyat ko‘rsatib, mayor unvonida pensiyaga chiqdi. 78 yoshni qarshilagan Shavkat ota o‘z umrini osoyishtalik, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashga sarflaganidan faxrlanadi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
o‘z muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
Yangi gidroenergetik quvvat ishga tushirildi
Davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 28-yanvar kuni elektr energetikasini 2025 ' 2035-yillarda rivojlantirish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda mamlakatimizda soʻnggi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foizga oshib, 81,5 milliard kilovatt soatga yetgani, xususiy sektorga keng yoʻl ochilgani tufayli 11,2 gigavattli qoʻshimcha quvvat yaratilganligi, natijada bu sektorning generatsiyadagi ulushi 24 foizga, 'yashil' energiya hissasi esa 16 foizga yetganligi qayd etildi.Ayt
Dollar, yevro va rublning rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi kun pastladi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 31-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 11,33 soʻmga pasayib, 12 957,01 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 6,60 soʻmga pastlab, 13 485,66 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,19 soʻmga tushdi va 132,13 soʻmni tashkil qildi.
Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun pastladi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 28-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 5,78 soʻmga pasayib, 12 963,27 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 13,85 soʻmga pastlab, 13 597,17 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,55 soʻmga koʻtarildi va 132,74 soʻmni tashkil qildi.
“Puma”dan “misli koʻrilmagan” choʻkish: kompaniya aksiyalari keskin arzonladi. Nemis kompaniyasi futbolchimiz Abduqodir Husanov bilan hamkorlik qiladi
Germaniyaning yirik sport kiyimlari ishlab chiqaruvchisi 'Puma' shirkati keskin 16% ga pasaydi. Kompaniyaning toʻrtinchi chorak savdolari kutilganidan pastroq boʻlgani va yillik foyda kamaygani ushbu yoʻqotishga sabab boʻldi. Bu haqda 'JPMorgan' tahlilchilari xabar berdi.Payshanba kungi holatiga koʻra, 'Puma' aksiyalari 16,5% ga pasayib, birja savdolarida 34,90 yevrogacha tushdi. Bu soʻnggi besh oydagi eng past koʻrsatkich boʻlib, kompaniya tarixidagi eng yomon kunlardan biriga aylandi.K