calendar 14 Jun 15:12
eye 37
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qozog‘istonda qamoqdagi Karim Masimovni afv etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda

image

Avvalroq, Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari, davlatga xiyonat va hokimiyatni egallab olishga urinishda ayblangan Karim Masimov afv etish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgani xabar qilingandi.  Qozog‘iston Prezidenti ma’muriyati afv etish to‘g‘risidagi ariza kelib tushganini tasdiqladi. Bu haqda “Inform buro” axborot portali xabar berdi.

Bildirilishicha, hozirda ariza ko‘rib chiqilmoqda. Uning natijasi haqida esa Masimovning o‘ziga xabar qilinadi.

Afv etish komissiyasi rahbari Marat Boshimovning aytishicha, hujjat dastlab Prezident Administratsiyasining elektron o‘qish bo‘yicha umumiy bo‘limidan o‘tayotgani bois komissiyaga haligacha murojaat kelib tushmagan. Murojaat kelib tushsagina, ariza tegishli davlat organlariga yuboriladi. Afv etish komissiyasi esa barcha materiallar mavjud bo‘lgandagina petitsiya oladi. Boshimov mazkur masala yuzasidan xolis qaror qabul qilinishiga ishonch bildirdi.

Ma’lumot uchun, Karim Masimov 2023 yilning aprel oyida davlatga xiyonat, hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olishga urinish, hokimiyat va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblanib, 18 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Masimov terrorizm homiylari ro‘yxatiga kiritilgani haqida xabar berilgandi.

Asadbek Komilov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Jul 16:56
 
64
0
qalampir.uz

Shols Rossiyani Ukraina bo‘yicha navbatdagi tinchlik konferensiyasiga taklif qildi

Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiyani Ukraina bo‘yicha navbatdagi tinchlik konferensiyasiga taklif qildi. Bu haqda u kecha, 19 iyul  kuni Drezdenda Germaniya sotsial-demokratik partiyasining saylovoldi tadbirida so‘z ochdi.  “Bu masala bo‘yicha ko‘plab muhokamalar bo‘lib o‘tdi, oxirgi marta Shveysariyada ko‘plab mamlakatlar Ukraina  tinchlik sammiti bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishgandi. Men Ukraina Prezidenti Rossiyaning navbatdagi uchrashuvda ishtiro

15 Jul 18:32
 
179
0
qalampir.uz

HAMAS G‘azo bo‘yicha sulh rejasiga 29 ta o‘zgartirish kiritishga harakat qildi

Falastinning HAMAS radikal harakati G‘azo sektoridagi vaziyatni tartibga solish uchun AQSH prezidenti Jo Bayden tomonidan qo‘llab-quvvatlangan kelishuv rejasiga 29 ta o‘zgartirish kiritishni so‘ragan, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ularning barchasini rad etgan. Bu haqda Isroil hukumati rahbari devonining maslahatchisi Dmitriy Gendelman ma’lum qildi. “HAMAS Bayden taqdim etgan rejaga 29 ta o‘zgartirish kiritishga urindi, Netanyaxu bu o‘zgarishlarni rad etdi”

21 Jul 15:50
 
63
0
qalampir.uz

Demokratlar Kamola Harrisni Bayden o‘rniga tobora ko‘proq qo‘llab-quvvatlamoqda – CNN 

AQSH Demokratik partiyasining tobora ko‘proq vakillari vitse-prezident Kamola Harrisni bo‘lajak saylovlarda prezident Jo Baydenga yagona muqobil sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Amerika ma’muriyatining amaldagi rahbari o‘rniga aynan qanday nomzod saylanishi hozircha aniq emas, biroq ko‘pchilik demokratlarning aytishicha, har qanday tanlov jarayonida Harris nomzod bo‘lish ehtimoli har qachongidan ham yuqori. Shu bilan birga, prezidentlik saylov

18 Jul 18:30
 
107
0
qalampir.uz

Merkel ketganidan keyin Germaniyadagi sharoit yomonlashdi – so‘rovnoma 

Germaniyalik saylovchilarning aksariyati Angela Merkel Germaniya kansleri lavozimidan ketganidan keyin mamlakatdagi vaziyat yomonlashgan, deb hisoblaydi. Bu haqda YouGov jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti tomonidan Merkelning 70 yilligiga bag‘ishlangan so‘rovnoma natijalarida so‘z boradi.    Tadqiqot natijalariga ko‘ra, respondentlarning 61 foizi Angela Merkel boshqaruvi tugaganidan keyin Germaniyada turmush sharoiti yomonlashgan, deb hisoblaydi. So‘rovnomada ishti