calendar 14 Jun 13:06
eye 50
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qoraqalpog‘istondagi to‘yda yo‘l talashib, mashinalarini to‘qnashtirgan haydovchilar qamaldi

image

Avvalroq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida o‘tkazilgan to‘yda haydovchilar yo‘l talashib, atayin bir nechta mashinalarni to‘qnashtirgani xabar qilingandi. Bunday qonunbuzarlikni sodir qilgan 13 nafar shaxsning har biriga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Kecha, 13 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahri sudi 13 nafar ishtirokchiga taalluqli ma’muriy ishni ko‘rib chiqqan. Ular "axloq-odob me’yorlarini mensimaslik, jamoat tartibini buzganlikda" ayblanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (Mayda bezorilik) ko‘ra, 15 sutkaga qamaldi. Jazolanganlar orasida kuyov ham bor. 

To‘y saylida ishtirok etgan 9 ta mashina esa jarima maydoniga qo‘yilib, haydovchilarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
58
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Fransiyadagi yangi elchisi ish boshladi

Gʻaniyev 52 yoshda, Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) sharqshunoslik fakultetini bitirgan. 1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlamoqda.Yangi elchi dastlab Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Keyinchalik Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi Muvaqqat ishlar vakili boʻlib ishlagan. 2018-2023-yillarda Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. 2023-yil oktyabr oyid

18 Jul 22:09
 
108
0
xs.uz

Samarqandda 11 ta tuman va shahar hokimliklari qabul qilgan hujjatlar qonun talablariga zid ekani aniqlandi

Qayd etilishicha, 2024-yil II chorak yakunida Raqobat qoʻmitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Samarqand viloyatidagi tuman (shahar) hokimliklarining qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini 'Raqobat toʻgʻrisida'gi qonun talablariga mosligi hamda raqobatni rivojlantirishga toʻsqinlik qiladigan hujjatlarning qabul qilinishi yuzasidan oʻrganish ishlari oʻtkazilgan.Oʻrganishlar davomida Samarqand viloyatidagi tuman va shahar hokimliklari (Ishtixon, Payariq, Past Darg

11 Jul 15:12
 
53
0
xs.uz

Endi diplomi yoʻqlar ham oʻqituvchilik qilishi mumkin

Qarorga muvofiq, 2024-yil 1-oktyabrdan:Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy oʻquv markazlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi hamda rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi;reyting natijalariga koʻra olis va chekka hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi eng yuqori koʻrsatkichga ega 100 ta xususiy oʻquv markazining taʼlim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara toʻlovi xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilin

19 Jul 19:46
 
71
0
xs.uz

Qirgʻiziston Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatimizda boʻlgan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning davlat tashrifi yakunlandi.Ikki kunlik tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtdi, ularning yakunida yetakchilar Keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonotni imzoladilar.Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami qabul qilindi. Energetika, avtomob