calendar 14 Jun 09:27
eye 84
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bayden G7 sammitiga Rossiyaga qarshi sanksiya va Ukraina xavfsizligi bo‘yicha kelishuv bilan keldi

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 12 iyun kuni Air Force One samolyotida Italiyaning Brindizi shahridagi xalqaro aeroportga G7 davlatlari yetakchilari sammitida ishtirok etish uchun keldi. Bu haqda “Amerika Ovozi” xabar berdi.

U Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar, Ukraina uchun yangi ikki tomonlama xavfsizlik kelishuvi bilan keldi. Biroq G‘azo sektoridagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda hech qanday yutuq bo‘lmadi.

“HAMASning taklifga munosabatini ko‘rib chiqqach, Qo‘shma Shtatlar vositachilar Misr va Qatar bilan ishlamoqda. Taklif etilayotgan o‘zgarishlarning ko‘pi kichik va kutilmagan emas. Boshqalari BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasida belgilanganidan sezilarli darajada farq qiladi”, degan Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Italiyaga ketayotgan Prezident samolyoti bortidagi jurnalistlarga.

Bayden Italiyaga uchar ekan, AQSH Moliya vazirligi Rossiyaga yarimo‘tkazgichlar sotuvchi shaxslar va kompaniyalarga, shu jumladan Xitoyda joylashgan kompaniyalarga nisbatan yangi sanksiyalarni e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Italiyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida Kiyevning shoshilinch gumanitar, energiya va barqarorlik ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Ukrainaga 242 million funt sterling (taxminan 309 million dollar) ajratmoqchi ekani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
58
0
qalampir.uz

Mask Trampning saylovoldi kampaniyasiga xayriya qildi

Milliarder Ilon Mask AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning saylovoldi kampaniyasiga xayriya qildi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirkor Trampni qo‘llab-quvvatlovchi America PAC siyosiy faollik qo‘mitasiga pul xayriya qilgan. Mask qancha pul o‘tkazgani noma’lum. Ammo “Bloomberg” manbalari bu miqdorni "sezilarli" deb atamoqda. Qayd etilishicha, Mask hali AQSH prezidentligi

12 Jul 22:50
 
72
0
qalampir.uz

Moskvada Superjet 100 samolyoti halokatga uchradi. Qurbonlar bor

Bugun, 12 iyul kuni Rossiyaning Moskva viloyati Kolomenskiy tumanida Sukhoi Superjet 100 samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda TASS xabar berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida bo‘lgan ikki uchuvchi va bir shturman halok bo‘lgan. Buni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham tasdiqlagan. Samolyot Luxovitsidan Moskvaning “Vnukovo” aeroportiga uchib kelayotgan reys bo‘lgan. Qayd etilishicha, bu samolyotning rejalashtirilgan ta’mirlash ishlaridan so

19 Jul 17:50
 
47
0
qalampir.uz

Turkmanistonda birdaniga 3 milliard IP-manzil, xosting va CDN blokdan chiqarildi

Joriy yil iyul oyining birinchi kunlaridan boshlab Turkmanistonda internet blokirovkasi misli ko‘rilmagan darajada yengillashdi. Bu haqda “Turkmen.news” xabar berdi. Mamlakatning turli mintaqalaridagi foydalanuvchilar barcha xosting, kontent yetkazib berish tarmoqlari (CDN) va IP-manzillarning quyi tarmoqlari, “Turkmentelekom” va Ashxobod shahar telefon tarmog‘i provayderlaridan foydalanish mumkinligini aytmoqda. Shunday qilib, 3 milliard IP'ga kirish tiklandi.

26 Jul 10:19
 
30
0
qalampir.uz

Ukraina Rossiya bilan muzokaralarga tayyor – Kuleba 

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba mamlakatda harbiy harakatlar boshlanganidan beri birinchi marta rasmiy tashrif bilan Xitoyga bordi. Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvda u Kiyev Moskva bilan muzokaralarga tayyor ekani, lekin bu faqat “adolatli shartlar” asosida bo‘lishi kerakligini aytdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi. “Dmitriy Kuleba Ukrainaning izchil pozitsiyasini isbotladi, ya’ni Rossiya vijdonli muzokaralar olib borishga tayyor