calendar 12 Jun 14:26
eye 47
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Al-Nasr” “Real” a’zosi uchun 100 million yevro to‘lamoqchi

image

Saudiyaning “Al-Nasr” klubi Madridning “Real” klubi himoyachisi, Germaniya terma jamoasi himoyachisi Antonio Ryudiger bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda “El Chiringuito” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Saudiya klubi germaniyalik “qaymoqranglilar” futbolchisiga to‘rt mavsum davomida 100 million yevrolik shartnoma taklif qilgan. Qayd etilishicha, futbolchi portugaliyalik mashhur hujumchi Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan jamoa taklifiga hali javob berishga ulgurmagan.

Hozirda Riyod klubi a’zosi Emerik Lyaport La Ligaga qaytishni istayotgani va Ispaniya klublaridan biri bilan shartnoma bo‘yicha kelishib olgani sababli “Al-Nasr” yangi markaziy himoyachi qidirmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Ryudiger “Real” safida barcha turnirlarda 48 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 25 million yevroni tashkil qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:12
 
79
0
xs.uz

Shaxmatda yangi “Magnus Karlsen” paydo boʻldi

Britaniyalik toʻqqiz yoshli Itan Pang shaxmatda aql bovar qilmaydigan marraga erishdi. U 2200 reyting toʻsigʻini bosib oʻtib, 'CM' unvonini qoʻlga kiritgan eng yosh oʻyinchiga aylandi. Bu haqda 'Chess.com' xabar berdi.'Westminster Under School' talabasi Itanning shaxmat olamidagi tez oʻsishi bor-yoʻgʻi uchta turnirda 334 reyting ochkosi toʻplaganligi bilan qoʻsha oldi. Itanning soʻnggi muvaffaqiyati iyun oyida EACU okrugi jamoasi chempionatida 3/4 ball toʻplash va 2493 reytingli IM

29 Jul 15:38
 
41
0
xs.uz

Ruslan Abdullayev meksikalik bokschiga imkoniyat qoldirmadi

Qayd etish kerakki, boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ruslan Abdullayev ham Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli start oldi.-63,5 kg vazn toifasida ilk jangini oʻtkazgan Abdullayev meksikalik Migel Ramiresni katta ustunlik bilan magʻlub etdi. Shu tariqa sportchimiz chorak finalga yoʻl oldi. Endi u 1-avgust kuni yarim final yoʻllanmasi uchun ringga koʻtariladi.Avvalroq, oʻzbekistonlik sportchilar juftligi akademik eshkak eshish boʻyicha finalda ishtirok eta

11 Aug 03:44
 
31
0
xs.uz

Bahodir Jalolov ikki karra Olimpiada chempioni!

+92 kg vazn toifasida bellashuvlarda qatnashgan bokschimiz finalda hamyurtimizga Ispaniya vakili Ayyub Gadfaga qarshi ringga chiqdi.Qiyin kechgan bahsda 'Big Uzbek' ('Katta Oʻzbek') nomini olgan yurtdoshimiz raqibidan har tomonlama ustunlik qildi va bellashuvni oʻz foydasiga hal qildi ' 5:0.Bu Bahodirning yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ikkinchi oltin medali hisoblanadi. Mahoratli bokschimiz 'Tokio-2020'da ham barcha raqiblaridan ustun kelgandi.Bahodir Jalolov Parij Olimpiadasining 1/8 finalida