calendar 12 Jun 11:22
eye 54
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Dunyoning eng sochi uzun futbolchisi tarmoq yulduziga aylandi (video)

image

KONKAKAF mintaqasida 2026 yilgi Jahon chempionati saralashining 2-bosqichi o‘yinlari boshlandi.

Saralashda 30 ta terma jamoa, jumladan, Jahon chempionati mezbon davlatlari AQSH, Kanada va Meksika ishtirok etmoqda.

9 iyun kuni 2-tur uchrashuvida Angilya jamoasi o‘z maydonida Surinamga qarshi bahs olib bordi va o‘yinning birinchi bo‘limida Angilya yarim himoyachisi Edan Ssipio raqibni jarima maydonchasi ichida qo‘pollik ishlatdi, ammo hakam qoidabuzarlikka e’tibor qaratmadi.

Ssipioning aynan Surinamga qarshi o‘yindagi epizodi tarmoq foydalanuvchilarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu esa uning uzun sochlari bilan bog‘liq.

E’tiborlisi, 33 yoshli Ssipio zamonaviy futboldagi eng uzun soch egasi sifatida tanilgan. Uning sochlari bemalol yerga tegadi.

Ma’lumot uchun, Ssipio yoshi katta bo‘lishiga qaramay, Angilya terma jamoasidagi debyutini faqat 2021 yilda o‘tkazdi. Hozirga qadar u termasi tarkibida 4 ta bahsda maydonga tushdi. 

Angilya-Surinam o‘yini surinamliklarning 4:0 hisobida yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 17:50
 
77
0
qalampir.uz

Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston bir pog‘ona yuqoriladi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) yangilangan reytingida 61-o‘rinni egalladi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar berdi. Srechko Katanets shogirdlari reytingdagi o‘rnini o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yaxshiladi. “Oq bo‘rilar” iyun oyida 2 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta g‘alaba va durang qayd etdi. Reytingda hamon Argentina terma jamoasi yetakchilik qilmoqda. 2-o‘rinni esa Fransiya terma jamoasi band etgan. Kuc

18 Jul 18:51
 
91
0
qalampir.uz

Nostandart harakatlar Madrimovni yanada kuchliroq qiladi – Krouford

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari sohibi, o‘zbekistonlik Isroil Madrimov o‘zining nostandart harakatlari bilan kuchli hisoblanadi. Bu haqda Madrimovning bo‘lajak raqibi Terens Krouford “Daily Mail”ga bergan intervyusida aytdi. “Harakatchanlik, kuch, gabaritlar va nostandart harakatlar uni yanada xavfli qiladi. Bularning barchasi Madrimovga mening avvalgi raqiblarimdan boshqacha bo‘lishga imkon beradi. Men uchun barchasi oddiy kechadi deb, o‘ylayman&rdq

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

XXI asrning eng yaxshi MMA jangchilari e’lon qilindi

Amerikalik jangchi Jon Jons XXI asrning aralash yakkakurashlari bo‘yicha eng yaxshi 10 nafar jangchilar reytingida 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda ESPN xabar berdi. Bu borada kuchli uchlikka kanadalik Jorj Sent-Per va braziliyalik Anderson Silva  kiritilgan. Rossiyalik jangchilar Habib Nurmuhammedov va Fyodor Yemelyanenko 5 va 6-o‘rinlarda qayd etilgan. XXI asrning eng yaxshi 10 nafar MMA jangchisi: 1. Jon Jons (27-1-0-1); 2. Jorj Sent-Per (26-2); 3. Anderson Silva (34-11-

20 Jul 10:37
 
86
0
qalampir.uz

Ispaniya terma jamoasi sardori “Milan”ga ko‘chib o‘tdi

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata Italiyaning “Milan” klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli forvardning “Milan” bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan va yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Alvaro Morata “Milan” safida 7-raqamda to‘p tepadi. Faoliyati davomida Morata “Real”, “Yuventus”, “Chelsi” va “Atletiko”