calendar 12 Jun 10:21
eye 59
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Baydenning o‘g‘li 25 yilga qamalishi mumkin

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Bayden noqonuniy qurol saqlashda ayblanmoqda. Sud unga nisbatan 25 yilgacha qamoq jazosi tayinlashi mumkin. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, 54 yoshli kichik Bayden 2018 yilning oktyabr oyida “Colt Cobra 38 Special revolver” deb nomlangan  qurolni sotib olish davomida ro‘yxatga olish organlariga yolg‘on ma’lumot berganlikda ayblanmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qurol sotib olishda u kerakli hujjatlarni to‘ldirganda giyohvand moddalarni iste’mol qilmasligini qayd etgan va noqonuniy  yo‘l bilan qurolni rasmiylashtirgan. Keyinchalik Xanterning 2015 yildan 2019 yilgacha giyohvand moddalarni muntazam iste’mol qilgani ochiqlangan.

“Aslida u bu bayonot yolg‘on ekanligini bilar edi”, deb ta’kidlaydi prokuror.

Xanter Baydenning advokatlarining ta’kidlashicha, o‘sha paytda u faqat alkogolga moyilligini tan olgan, bu unga o‘qotar qurol sotib olishni taqiqlamasligi kerak.

AQSH Federal qonuni giyohvandlikka moyil bo‘lgan odamlarga qurol saqlashni taqiqlaydi. Birlashgan ayblovlarga ko‘ra, Bayden maksimal 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Biroq, “Washington Post” gazetasiga ko‘ra, kichik Bayden ancha yengilroq jazoga tortiladi, chunki uning jinoiy ishi yo‘q va o‘zi giyohvandligini  tan olgan.

Ma’lumot uchun,  avvalroq AQSH Prezidentining o‘g‘li soliq qonunchiligini buzganlikda ayblanib, sudlangandi. Aniqrog‘i, u 1,4 million dollar soliq to‘lamaganlikda ayblangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
35
0
xs.uz

“Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi

Ushbu hafta Hindistonda 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadoboddan Londonga uchish uchun samoga koʻtarilgan, ammo 5 daqiqa oʻtib havo kemasi halokatga uchradi. Bortda 242 kishi bor edi.Dastlab dahshatli aviahalokatda qutqaruvchilar tiriklarni topishga umid qilishmagan. Shunga qaramasdan, 40 yoshli Vishvashkumar Ramesh bu fojiada tirik qolgan bortdagi yagona inson ekani maʼlum boʻldi.U akasi Ajaykumar Ramesh bilan uchayotgan edi. Ular bort oshxonasining qarama-qarshi tomonidagi favqulod

08 Jun 02:27
 
38
0
xs.uz

Tramp va Mask omma oldida janjallashdi

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining sobiq doʻsti va ittifoqchisi, milliarder Ilon Maskni birinchi marta oshkora tanqid qildi. U tadbirkordan hafsalasi pir boʻlganini aytdi va Maskning 'Tesla' va 'SpaceX' kompaniyalariga davlat subsidiyalarini toʻlashni toʻxtatishni taklif qildi. Bunga javoban Mask uning yordamisiz respublikachi hech qachon prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozona olmasligini aytdi va Trampni voyaga yetmaganlarni zoʻrlashga aloqadorlikda aybladi. Sobiq doʻstlar oʻrtasi

17 May 21:47
 
55
0
xs.uz

Isroilning navbatdagi hujumlari oqibatida Gʻazoda yana ellik nafardan ortiq odam halok boʻldi

Chorshanba kuni Isroilning Gʻazo sektoriga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida halok boʻlganlar soni 50 nafardan oshdi. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Isroilning chorshanba kuni ertalabdan Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida 56 kishi halok boʻldi', ' deyiladi manbada.Avvalroq, Gʻazo sektori shimolidagi Jabaliya shahri va shu nomdagi lagerning bombardimon qilinishi oqibatida 30 nafardan ortiq odam halok boʻlgani xabar qilingandi.Falastin

04 Jun 02:45
 
136
0
xs.uz

Misrdan Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi

Misr hukumati tomonidan Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami sifatida gepatit Chtml5-dom-document-internal-entity2-39-endga qarshi dori vositasining 2025-yildagi ilk partiyasi yetkazildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, ushbu insonparvarlik loyihasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekistonda C gepatitini 100 foiz davolash boʻyicha tashabbusi ijrosi doirasida amalga oshirilgan.Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasi va Misr Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbar