calendar 11 Jun 14:56
eye 84
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Saidaziz medgorodok”ning sudi boshlandi

image

"Saidaziz medgorodok" nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev va boshqalarga (jami 29 kishi) oid jinoyat ishi yuzasidan bugun, 11 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida S.Saidaliyev va boshqalarga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining raisi M. Mirzajonov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilmoqda.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra, sudlanuvchilar S. Saidaliyev, M. Mirxodjayev, Sh. Samiyev, A. Akramov, I. Satvaldiyev, F. Alimov, R. Bobonazarov, L. Shomurodov, N. Tulyaganov, Sh. Quvatov, G‘. O‘rinboyev, U. Maxmudov, A. Nurmatov, B. Erkinov, A. Yuldashev, S. Usmonov, D. Umirzakov, T. Abdumalikov, D. Badalov, U. Raximov, D. Xoshakov, Z. Qayumov, B. Muminov, D. Yunusov, D. Sultanov, B. Samadov, X. Riskiyev, B. Rahmonov va Yo. Sotivoldiyev Jinoyat kodeksining 112, 165, 168, 182, 227, 228, 229, 236, 237, 238, 242, 243, 277 va 28,211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

28 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” va 1 nafariga “munosib xulq atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat“ tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra, mazkur jinoyat ishi doirasida 31 nafar jabrlanuvchi va 130 nafar guvoh aniqlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Aug 12:29
 
13
0
xs.uz

Homiladorlikda tishlarni davolatish mumkinmi?

Homiladorlik ' ayol organizmida katta oʻzgarishlar yuz beradigan palla. Xususan, bu davrda tishlar va milk bilan bogʻliq ayrim muammolar paydo boʻlishi mumkin.Xoʻsh, bunday paytda ayollar tishlarini davolatishi mumkinmi?Ushbu savolga oliy toifali shifokor Miravzal Irxanov javob berdi.'Homiladorlikda tishlar va milklarning yaxshi parvarish qilinishi juda muhim. Chunki mazkur holat umumiy salomatlikka ham taʼsir koʻrsatadi.Aytish lozimki, bu davrda gormonal oʻzgarishlar tufayli milk va tish

10 Jul 11:19
 
50
0
qalampir.uz

Yunusobodda quvur yorilishi oqibatida qancha ichimlik suvi yo‘qotildi? 

Avvalroq, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida katta suv o‘tkazgich tarmog‘idagi nosozlik sabab ko‘chalarni suv bosgandi. Buning oqibatida 80-85 ming kub metr miqdoridagi ichimlik suvi yo‘qotilgan. Bu haqda kecha, 9 iyul kuni “O‘zsuvta’minot” AJ bo‘lim boshlig‘i Asiljon Muhiddinov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Uning aytishicha, nosozlik 1970-1975 yillarda tortilgan suv quvurlarining bugungi kunda ta’mirtalab ahvolga kelgani va o‘s

19 Jul 23:33
 
85
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 20-iyul kuni havo harorati 40 darajadan oshmasligi kutilmoqda

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekun

29 Jul 11:56
 
53
0
qalampir.uz

OTMga kirish uchun minimal o‘tish bali o‘zgarishsiz qoldi

O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal o‘tish balli o‘zgarishsiz qoldi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. Unga ko‘ra: davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish balli – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36 foizi); to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish balli – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30 foizi) etib belgilandi. Belgilangan ballni to‘play olmagan