calendar 11 Jun 11:42
eye 65
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Tolibon” afg‘on mehnat muhojirlari Rossiyaga borishi mumkinligini aytdi

image

Rossiyaning bir qancha hududlari, xususan, Tatariston va Checheniston afg‘onistonlik mehnat muhojirlariga ish taklif qildi. Bu haqda Afg‘onistonda "Tolibon" harakati tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumatning mehnat va ijtimoiy munosabatlar vaziri vazifasini bajaruvchisi Abdul Umariy ma’lum qildi.

"Checheniston va Tatariston, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi boshqa respublikalar bizga Afg‘onistondan kelgan muhojirlar uchun, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasida ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini amalga oshirishni taklif qilishdi", deydi u.

Umariyning aytishicha, bu masala Rossiya mehnat vaziri Anton Kotyakov bilan Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasidagi uchrashuvda, shuningdek, Dog‘iston vakillari bilan muzokaralar chog‘ida ko‘tarilgan.

Ma’lumot uchun, 28 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Toshkentda “Tolibon” harakati bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi va bunga sabab sifatida ular Afg‘onistonni nazorat qilishi hamda mamlakatning amaldagi hukumati hisoblanishini keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Abdul Umariy “Tolibon” Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasida futbol o‘yinlari o‘tkazilishini xohlayotganini aytgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:44
 
27
0
xs.uz

Tadqiqotchilar ofis xodimlari oʻrtasida surunkali kasalliklar xavfini kamaytirish boʻyicha tavsiya berdi

Kamharakat turmush tarzi ' koʻplab kasalliklar omili. Asosiy vaqti ish stolida, kompyuter qarshisida oʻtadigan xodimlar bundan koʻp aziyat chekishi maʼlum.AQSH olimlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot ayni shu mavzuga bagʻishlandi. Unga 6300 nafardan ortiq ishtirokchi jalb qilindi. Oʻrganish davomida ofis xodimlari oʻrtasida surunkali kasalliklar va erta oʻlim xavfini kamaytirish yoʻllari tadqiq etildi.Maʼlum boʻlishicha, kuniga sakkiz soatdan koʻproq vaqt kompyuterda davomli oʻtiri

19 Jul 19:41
 
74
0
qalampir.uz

Zelenskiy Britaniya hukumati yig‘ilishida ishtirok etdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy so‘nggi 27 yil ichida Britaniya Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida ishtirok etgan birinchi xorijiy davlat yetakchisi bo‘ldi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi. Aytilishicha, Zelenskiy hozirda o‘z hukumatining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazayotgan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer qarorgohida. Bunday voqea oxirgi marta 1997 yilda sodir bo‘lgan. O‘shanda AQSH Prezidenti Bill Klinton Britaniya vazirlari bilan birga rezide

18 Jul 15:22
 
89
0
qalampir.uz

Pelosi Bayden qayta saylanishiga ishonmaydi – CNN 

AQSH Kongressi Vakillar palatasining sobiq spikeri Nensi Pelosining fikricha, Amerikaning amaldagi Prezidenti Jo Bayden saylovda mamlakat sobiq yetakchisi Donald Trampni mag‘lub eta olmaydi. Bu haqda manbalarga tayanib, CNN xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Pelosi Bayden bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida so‘rovlar u prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozona olmasligini ko‘rsatayotganini va bu bilan demokratlarni Vakillar palatasida g‘alaba qozonish imkoniyatidan mahrum qilishini a

15 Jul 12:03
 
94
0
xs.uz

Turkiyada sayyohlarni olib ketayotgan avtobus YTH uchradi. Qurbonlar bor

Turkiyaning Mugʻla viloyatida sayyohlarni olib ketayotgan avtobus yoʻl transport hodisasi (YTH)ga uchradi. Bu haqda IHA agentligi xabar bermoqda.Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, fojia oqibatida ikki kishi halok boʻlgan, yana 28 nafar odam tan jarohati olgan. Ulardan toʻrt nafarining ahvoli ogʻirligi aytilmoqda.'Mahalliy aholini bir kunlik sayohatga olib ketayotgan avtobusning Akyaka shahrida tormoz ishlamay qolgan va toʻxtab turgan uchta mashinaga borib urilgan. Keyin yana harakatlanishni