calendar 11 Jun 09:42
eye 43
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlariga qo‘shimcha 14 trillion so‘m ajratiladi

image

Bu yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlariga o‘tgan yilgi 14 trillion so‘mga qo‘shimcha yana 14 trillion so‘m ajratilishi belgilandi. Bu haqda bugun, 10 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi ob’ektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi. 

Bildirilishicha, tayyorgarlik bo‘yicha har bir mahalladagi haqiqiy ahvol o‘rganilgan, tumanlar kesimida dastur ishlab chiqilgan. 

“Endi “muddat kam edi, mablag‘ bo‘lmadi”, deb bahona qilishga hech kimning haqqi yo‘q”, deya mutasaddilarni ogohlantirdi Prezident. 

Yil boshidan viloyatlarda 250 ta avariyaviy o‘chish bois ayrim joylardagi iste’molchilarga elektr barqaror yetkazilmagani ta’kidlandi. Chunki ba’zi ko‘p qavatli uylardagi elektr qutilar va undagi simlar muddatini o‘tab bo‘lgan. Mutasaddilarga bu boradagi kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish topshirildi. 

Ishlarni eng og‘ir mahallalardan boshlab, yil yakunigacha 30 ming kilometr tarmoq, 10 mingta transformatorni yaxshilash vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, issiqlik elektr stansiyalari barqaror ishlashi, aholi va ijtimoiy soha ehtiyojlari uchun joriy yilda ko‘mir qazib chiqarishni yanada ko‘paytirish va bu borada 8 million tonnalik ko‘rsatkichga intilish zarurligi qayd etildi. 

Bundan tashqari, mazut va ko‘mir ikki yilga bojdan ozod qilinadi. Ko‘mir importi uchun uch yil muddatga revolver kreditlar beriladi.

Mutasaddilar va hokimlar oldiga yaqin muddatda aholi va ijtimoiy soha uchun 1 million 200 ming tonna, yil yakunigacha yana shuncha ko‘mir yetkazib berish, 1 oktyabrgacha 600 ming tonna ko‘mir va 350 ming tonna mazut zaxirasini yaratish vazifasi qo‘yildi.

Qayd etilishicha, hozirda qator mahallalarda gaz bosimi past, yo‘qotishlar yuqori ekani qayd etildi. Bu mahallalardagi xonadonlarning gaz ta’minotini uch bosqichli tizimdan ikki bosqichliga o‘tkazish rejalashtirilgan. 

Shuningdek, oktyabr-dekabr oylarida iste’molchilarga 163 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazish topshirildi. Viloyat hokimlariga 300 dan ziyod olis mahalla uchun ko‘mir, suyultirilgan gaz va asosiy turdagi oziq-ovqat zaxirasini yaratishga topshiriq berildi.

Kuz-qish mavsumida aholini issiqlik va ichimlik suvi bilan kafolatli ta’minlash uchun qozonxona, qozon va issiqlik tarmoqlarini yaxshilash, suv tarmoqlari va nasoslarni ta’mirlash vazifalari belgilab olindi.

Umuman, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida Energetika vazirligi rahbarlari hududlarga biriktiriladigan bo‘ldi.

Ushbu rahbarlar joylarda ishlarni tashkil qilishga hamda har bir nosozlik va avariyalarni zudlik bilan bartaraf etishga mas’ul bo‘ladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Jul 10:49
 
39
0
qalampir.uz

“Toshkent-Markaziy” temiryo‘l vokzalidan ayrim poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

“Toshkent-Markaziy” (Shimoliy) vokzali orqali harakatlanuvchi deyarli barcha poyezdlar 15 iyuldan 15 avgustgacha “Toshkent-Janubiy” vokzaldan jo‘naydi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, “To‘qimachi” hamda “Toshkent yo‘lovchi” bekatlari oralig‘idagi temiryo‘lda ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu bois “Olmaota-Toshkent-Olmaota”, “Toshkent-Novosibirsk-Toshkent”, “Toshken

23 Jul 10:44
 
515
0
qalampir.uz

Xorijda o‘qisa bo‘ladi, lekin qizlar emas 

“O‘qib olim bo‘larmiding?”, “Ayolning o‘rni oshxonada”. Bu gaplarni qizlar, ayollar deyarli har kuni eshitadi.  Qizlarni mamlakat ichidagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qishiga qarshi chiquvchi oilalar hamon talaygina. Ularning chet elda o‘qishiga esa fojia tarzida qaraydiganlar ham bor. Xo‘sh, xorijda ta’lim olish uchun qiz bola nomunosibmi? QALAMPIR.UZ  aholi orasida shu mavzuda so‘rovnoma o‘tkazdi. Suhbat asnosida qizlarning chet elda o

12 Jul 17:46
 
111
0
qalampir.uz

Dollar kursi uzoq ko‘tarilishdan so‘ng pastladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 19,75 so‘mga tushdi va 12 635,27 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa, aksincha, 27,86 so‘mga yuqorilab, 13 753,49 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 0,19 so‘mga yuqorilab, 144,47 so‘mni tashkil etdi.

17 Jul 12:08
 
69
0
xs.uz

Barcha hokim va soliqchilar qatʼiy ogohlantirildi: tadbirkorga ortiqcha toʻlov qildirgan masʼullar jazolanadi

Bu yilgi byudjetda belgilangan tushum prognozini taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi.Mutasaddi rahbarlar ikkinchi yarim yillik uchun tushum soʻzsiz taʼminlanishi shartligi haqida ogohlantirildi.Shu bilan birga, tuman hokimlari va soliqchilar rejani bajaraman deb, tadbirkorni ortiqcha toʻlov qilishga majburlayotgani boʻyicha holatlar kuzatilayotgani qayd etildi.Ushbu vaziyatni tanqid qilib, Prezident ishlab chiqarish va daromad oshishiga qiynalgan tadbirkorga koʻmak berish orqaligina eri