calendar 10 Jun 19:08
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Farg‘onada ruhiy nosog‘lom o‘g‘il onasining barmoqlarini kesib tashladi

image

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida ruhiy nosog‘lom o‘g‘il onasiga va o‘ziga og‘ir tan jarohati yetkazdi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.

Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaroning ruhiy salomatligida oxirgi paytlarda o‘zgarishlar kuzatilgan. Onaning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘lining ahvoli yomon holatga kelib, ko‘ziga tez-tez bir noma’lum narsalar ko‘rinadigan bo‘lib qolgan. Shundan so‘ng, ona o‘g‘lini bir necha marotaba shifoxonaga olib borib, ma’lum vaqt davolatgan. O‘sha kuni ham uning ko‘ziga bir nimalar ko‘ringan va onasini kaltaklab ketgan. Shuningdek, o‘g‘il qo‘lidagi qaychi bilan onasining qo‘llariga jarohat yetkazadi.

“Hovlida tok qaychi bor edi. Uzumlarni kesardik. Qo‘liga tokqaychi tushib qolibdi, o‘zimni eplay olmadim”,  deydi ona.

Onasiga jarohat yetkazgandan so‘ng, o‘g‘il qo‘lida pichoq bilan ko‘chaga chiqib ketgan. U Toshloq tumanidan Marg‘ilon shahridagi bozorga kelgan. So‘ngra, mato sotiladigan joyda o‘ziga shikast yetkazgan.

“Shu yerda o‘ziga qattiq pichoq urdi. Taxminan 7-8 santimetr qorniga pichoq kirdi”,  deydi bozordagi sotuvchilardan biri.

U o‘zini shikastlagandan keyin, u yerdan ham qochib ketgan. Shifokorlar va organ xodimlari uni Marg‘ilon shahridagi Mustaqillik ko‘chasidan topgan. Uning ahvoli og‘ir bo‘lgani sababli, shoshilinch ravishda operatsiya qilingan.

“Jarrohlar brigadasi tezlik bilan uni operatsiyaga oldik. Chunki qorin sohasida katta tig‘li jarohat bor edi”, deydi shifokor.

Tez tibbiy yordam xodimlari ko‘magi bilan qon to‘xtatib qolingan. Bemorning ruhiy holati hamon o‘zgarmagan. U savollarga javob berishni istamayapti. Psixiatr kelib bir necha marotaba gaplashmoqchi bo‘lgan, lekin bemor hech narsa aytmagan.

“Jinoyat sodir bo‘lgani uchun hozirda chuqur darajadagi depressiya diagnozini qo‘ydim. Umumiy holat yaxshilangandan so‘ng uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizish kerak bo‘ladi”, deydi Marg‘ilon shahar bosh psixiatri.

Yuzi va qo‘llaridan jarohatlangan onaning ahvoli og‘ir bo‘lgani sababli u operatsiya qilingan.

“Ikkala qo‘llari beshinchi va birinchi barmoqlari kesilgan holda olib kelindi. Ahvol yomonligi sababli tezda operatsiyaga olingan. Hozirda onaning ahvoli qoniqarli”, deydi travmatolog.

IIB axborot xizmati xabarlariga ko‘ra, yigitga nisbatan Jinoyat Kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumani sudida meros sabab onasini pichoqlab o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
43
0
qalampir.uz

Dollar kursi ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 40,76 so‘mga oshdi va 12 625,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 10,21 so‘mga ko‘tarilib, 13 686,81 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 1,73 so‘mga oshib, 146,11 so‘mni tashkil etdi.

15 Jul 21:23
 
134
0
qalampir.uz

Namanganda MIB xodimlarini jarohatlagan fuqaro qamaldi

Namangan viloyatida Majburiy ijro byurosi xodimiga jarohat yetkazgan fuqaro 3 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, MIBning Chust tumani bo‘limi davlat ijrochilari fuqaro J.N.ning xonadoniga boshqa haqdor fuqaro foydasiga 42,1 million so‘m qarzdorlikni undirish maqsadida borgan. Qarzdor esa majburiyatini bajarish o‘rniga, davlat ijrochilari faoliyatiga keskin qarshilik ko‘rsatib, ularni haqoratlagan

29 Jul 13:48
 
74
0
qalampir.uz

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi. Bu haqda oliygoh matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, universitet hamda Diplomatik akademiyaning Kuzatuv kengashi 2024/2-qarori bilan 2024-2025 o‘quv yili bakalavriat va magistraturada shartnoma asosida o‘qitish to‘lov-shartnoma yangilangan miqdori tasdiqlangan. Yangilangan to‘lov-shartnoma miqdori quyidagicha belgilandi: 1-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 29 million 428 ming so

12 Jul 17:47
 
143
0
xs.uz

Salkam 76 million soʻmlik tamaki mahsulotlari musodara qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlanganini maʼlum qildi.Departament Yangiyer shahar boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar A.A. va Sh.B. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 390 quti 'Esse change' nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini 38,9 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan us