calendar 10 Jun 16:23
eye 47
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Gazprom” 2040 yilgacha O‘zbekiston va Qirg‘izistonga gaz yetkazib beradi

image

"Gazprom" 2040 yilgacha Qozog‘iston orqali O‘zbekiston va Qirg‘izistonga gaz tranziti bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar tuzdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi

Ushbu shartnomalar "Gazprom"ga 12 milliard kub metrgacha eksport qilish imkonini beradi. Tahlilchilarning xabar berishicha, bu hajm Yevropa bilan tuzilgan shartnomalardan ancha past.

“Gazprom” rahbari Aleksey Miller va QazaqGaz boshqaruvi raisi Sanjar Jarkeshov Rossiya gazini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekiston va Qirg‘iziston yo‘nalishida tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun uzoq muddatli shartnomalarni imzoladi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan gaz tranziti bo‘yicha kelishuvlar “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvurining ajratilgan yo‘nalishini kengaytiradi va Qozog‘istonda yangi gaz tashish quvvatlarini yaratishni nazarda tutadi. Shuningdek, “Gazprom Eksport” “Gazprom Qirg‘iziston” MCHJ bilan Qirg‘izistonga gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Ta’kidlanishicha, 2024 yil fevral oyida O‘zbekiston hukumati Rossiya Federatsiyasidan gaz importini 3,5 barobarga, ya’ni 9 milliondan 32 million kub metrga oshirish maqsadida respublika magistral gaz tizimini modernizatsiya qilmoqchiligi xabar qilingan. Qirg‘izistonga gaz yetkazib berish esa pastligicha qolmoqda, biroq ularning ko‘payishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va O‘zbekiston respublikaga nafaqat gaz, balki elektr energiyasi yetkazib berish hajmini sezilarli darajada oshirish bo‘yicha faol muzokaralar olib borilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Toir Obidov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:03
 
10
0
xs.uz

1-kursga kirganlar yotoqxona uchun ariza bera olmayotgani sababi ma’lum qilindi

Ma'lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta'lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratilgan.Biroq ayni paytda 1-kursga tavsiya etilganlar to'g'risidagi ma'lumotlarni 'Talabalar turar joyi axborot tizimi'ga yuklash ishlari olib borilayotganligi bois talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha o'z ishini boshlamadi.Qayd etilishicha, mazkur ishlar tez orada yakuniga y

17 Jul 17:53
 
75
0
qalampir.uz

Dollar kursi ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 1,91 so‘mga oshdi va 12 587,94 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi ham 59,98 so‘mga qimmatlab, 13 776,24 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 0,80 so‘mga pastlab, 143,19 so‘mni tashkil etdi.

14 Aug 06:37
 
15
0
xs.uz

Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tajribalarining ijrosi tahlil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan Buxoro viloyatiga qilingan tashrif natijadorligini oshirish, muqobil energiya manbalarini joriy etish hamda sanoat korxonalari uchun jozibador sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida ayrim tuman hokimlari, iqtisodiy kompleks rahbarlari bu islohotlarni toʻliq tushunib yetmayotgani'koʻrsatib oʻtildi.Asosiy masalaga oʻtishdan avval Prezident yil boshida yaratilgan aholini band qilish va tadbirkorlik

11 Aug 03:44
 
24
0
xs.uz

“Tashabbusli byudjet”: endi bir mahalla bir yilda ikki marta gʻolib deb topilmasligi mumkin

Unga koʻra, keng jamoatchilik va deputatlarning takliflarini inobatga olib amaldagi tartibga bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Xususan, aholi soni kichik boʻlgan mahallalarning gʻolib boʻlish imkoniyatini yaratish maqsadida doimiy tarzda gʻolib boʻlib kelayotgan mahalla(tashkilot)larga tanaffus eʼlon qilish amaliyotini joriy etish koʻzda tutilmoqda.Bundan tashqari, endilikda xodimlarni majburiy ovoz toʻplashga jalb etish holatlarini bartaraf etish maqsadida o