calendar 10 Jun 10:01
eye 73
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomobil yonib ketdi

image

Qozog‘istonning Atirau viloyatida ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan Lada Largus avtomobili yonib ketdi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa kecha, 8 iyun kuni soat 11:45 da Atirau viloyatining Makat tumani hududidan o‘tuvchi “Atirau-Aktobe” respublika ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lining 31-kilometrida sodir bo‘lgan. Rossiya-O‘zbekiston yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan O‘zbekiston davlat raqamiga ega bo‘lgan Lada Largus rusumli avtomashinada yong‘in sodir bo‘lgan. Soat 12:50 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Avtomobil ichida 3 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan. Yong‘in oqibatida Lada Largus mashinasi haydovchisi jarohat olmagan, qolgan 2 ta yo‘lovchi har xil darajadagi kuyish jarohati bilan Atirau viloyat shifoxonasiga yotqizilgan. Haydovchi va jarohat olganlarning shaxslariga aniqlik kiritilgan va ular bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan.

Ushbu holat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, 3 aprel kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Marjonbuloq qishlog‘idan o‘tgan Samara-Chimkent trassasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgandi. 4 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan 8 nafar o‘zbekistonlikning jasadini olib kelish uchun maxsus bort Qozog‘istonga uchdi. 5 aprel kuni soat 03:00 larda YTH qurbonlarining jasadlari Surxondaryo viloyatiga olib kelindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 15:15
 
57
0
xs.uz

Meʼyordan ortiq yuk ortgan yuk mashinalari nazoratga olindi

' Bu yoʻldan bir kecha kunduzda 65-70 mingga yaqin transport vositalari harakatlanadi, ' deydi avtomobil va suv transportida nazorat Namangan hududiy boʻlimi bosh inspektori Sanjarbek Qayumov. ' Ularning bir qismi ogʻir yukli avtomashinalar ekani inobatga olinsa, vazn va hajm cheklovi nazoratini doimiy olib borish zarurati koʻzga tashlanadi. Chunki, yoʻl harakati qoidasining ayni yoʻnalishdagi bandini qoʻpol ravishda buzib, boshqa qatnashchilarga ham xavf tugʻdirayotgan haydovchilar koʻ

20 Jul 12:37
 
64
0
xs.uz

Toshkent viloyatida yaralangan laylak aholi xonadoniga kelib qoldi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaro xonadoniga yaralangan laylak kelib qoldi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar qildi.Qayd etilishicha, joriy yilning 16-iyul kuni Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Zangiota tuman boʻlimi inspektorlari tomonidan murojaatga asosan joyiga chiqib oʻrganish ishlarini olib borilgan.Oʻrganish davomida Zangiota tumani Bogʻzor MFY Harbiylar koʻchasida yashovchi fuqaro oʻz xonadoniga laylak oʻng qanoti yaralangan holda kelib qolganl

11 Jul 15:12
 
65
0
xs.uz

Avtomobillar uchun “ekostiker” berish muddati 2025-yilning 1-martiga qoldirildi

Hukumatning avvalroq qabul qilingan'qarorida'bu muddat 2024-yil 1-iyun deb koʻrsatilgandi.'Ekologik transport' tizimi doirasida, barcha toifadagi avtomototransport vositalarining atmosfera havosiga zararli taʼsiri boʻyicha normativlarga mosligi'nazorat qilinadi.Transport vositalari ekologiyaga zarari darajasidan kelib chiqib 'qizil', 'sariq' va 'yashil' toifalarga boʻlinadi, xuddi shunday, shaharlardagi hududlar ham uchta toifaga ajratilib, atrof-muhitga zarari yuqori avtomobillarning muayya

11 Jul 15:12
 
90
0
xs.uz

Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlish kerakligi belgilandi

'Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida'gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchaga koʻra, Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi.Bunda, Din ishlari boʻyicha qoʻmita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ sifatida belgilandi.Shuningdek, 'Umra' tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha faoliyat uchun litse