calendar 08 Jun 09:14
eye 38
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Tolibon” Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasida futbol o‘yinlarini tashkil etmoqchi

image

“Tolibon” Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasida futbol o‘yinlari o‘tkazilishini xohlamoqda. Bu haqda Afg‘onistondagi muvaqqat hukumatida mehnat va ijtimoiy aloqalar vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul Umariy ma’lum qildi. 

Uning aytishicha, “Tolibon” Afg‘onistonda sportchilar ishtirokida sport o‘yinlari ko‘payishini xohlaydi, shuningdek, ruslar bilan futbol o‘yinini o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Umariyning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston terma jamoasi oxirgi vaqtlarda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda va Osiyo chempionatlarida ishtirok etyapti. 

“Biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi futbol turnirini intiqlik bilan kutmoqdamiz”, deydi Umariy.

Ma’lumot uchun, hozirda Afg‘oniston terma jamoasi FIFA reytingida 151-o‘rinni egallab turibdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:04
 
29
0
xs.uz

Messi maydonga tushmagan oʻyinda “Inter Mayami” AQSH liga kubogini tark etdi

MLSning amaldagi chempioni 'Kolambus Kryu' va Lionel Messi yetakchiligidagi 'Inter Mayami' oʻrtasidagi Liga kubogi 1/8 finali oʻyini yakunlandi. Uchrashuv 3:2 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa, 'Kolambus Kryu' turnirning chorak finaliga chiqdi.Oʻyinda mezbonlar hujumchisi Diyego Rossi dubl qayd etdi. Yana bir golni Kristian Ramires kiritdi. 'Inter Mayami' safida Matias Roxas va Diyego Gomes gol urdi, urugvaylik hujumchi Luis Suares esa golli uzatmani amalga oshird

11 Jul 15:12
 
79
0
xs.uz

Shaxmatda yangi “Magnus Karlsen” paydo boʻldi

Britaniyalik toʻqqiz yoshli Itan Pang shaxmatda aql bovar qilmaydigan marraga erishdi. U 2200 reyting toʻsigʻini bosib oʻtib, 'CM' unvonini qoʻlga kiritgan eng yosh oʻyinchiga aylandi. Bu haqda 'Chess.com' xabar berdi.'Westminster Under School' talabasi Itanning shaxmat olamidagi tez oʻsishi bor-yoʻgʻi uchta turnirda 334 reyting ochkosi toʻplaganligi bilan qoʻsha oldi. Itanning soʻnggi muvaffaqiyati iyun oyida EACU okrugi jamoasi chempionatida 3/4 ball toʻplash va 2493 reytingli IM

29 Jul 15:38
 
41
0
xs.uz

Ruslan Abdullayev meksikalik bokschiga imkoniyat qoldirmadi

Qayd etish kerakki, boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ruslan Abdullayev ham Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli start oldi.-63,5 kg vazn toifasida ilk jangini oʻtkazgan Abdullayev meksikalik Migel Ramiresni katta ustunlik bilan magʻlub etdi. Shu tariqa sportchimiz chorak finalga yoʻl oldi. Endi u 1-avgust kuni yarim final yoʻllanmasi uchun ringga koʻtariladi.Avvalroq, oʻzbekistonlik sportchilar juftligi akademik eshkak eshish boʻyicha finalda ishtirok eta