O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Shohruh Xasanovich G‘ulamov hamda Akrom Zoirovich Aliyev Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosarlari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.
Shohruh G‘ulamov shu paytgacha vazirlikning Xalqaro hamkorlik departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. Akrom Aliyev esa Yangi investorlarga hamrohlik qilish departamenti rahbari lavozimida ishlardi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Ilzat Ablahatovich Qosimov O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlangandi.