calendar 07 Jun 14:44
eye 142
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ukraina Moskvaga AQSH qurollari bilan hujum qila olmaydi – Bayden 

image

Kiyevga topshirilgan Amerika qurollari Moskva yoki chegaradan sezilarli masofada joylashgan boshqa hududlarga hujum qilish uchun ishlatilmasligi kerak. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 6 iyun kuni ABC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vashington ushbu qurollarni Rossiya hududida Ukraina bilan chegaraga yaqin joyda ishlatishga ruxsat berdi.

"Biz Rossiyaga 200 mil chuqurlikda zarbalar o‘tkazishga, Moskva va Kremlga qarshi zarba berishga ruxsat bermaymiz", deya qo‘shimcha qildi Bayden.

Biroq u Rossiya hududidagi harbiy nishonlarga zarba berish uchun Amerika qurollari allaqachon qo‘llanilganmi, degan savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bermadi.

Bundan tashqari, Bayden Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni “insofsiz odam” deb atadi.

“U diktator va hujumini davom ettirar ekan, o‘z mamlakatini ushlab qolish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilmoqda”, deydi AQSH Prezidenti.

Avvalroq, Rossiyaning Xarkov viloyatiga hujumlari kuchayishi fonida Vashington Kiyevga Rossiyadagi nishonlarga zarba berishga yashirincha ruxsat bergani ma’lum bo‘lgan edi. Biroq, "Politico" va CNN nashrlarida ta’kidlanganidek, ruxsat Rossiya Federatsiyasi tomonidan hujumlarga duchor bo‘lgan Xarkovni himoya qilish uchun Xarkov viloyati bilan chegaradagi hududlarga tegishli.

Xuddi shunday bayonotlar Fransiya, Litva, Latviya, Kanada, Shvetsiya, Estoniya, Polsha, Germaniya, Finlyandiya, Chexiya, Buyuk Britaniya va Niderlandiya tomonidan ham qilingan.

May oyida NATO va Yevropa Ittifoqi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan G‘arb qurollaridan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishga chaqirgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
35
0
xs.uz

“Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi

Ushbu hafta Hindistonda 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadoboddan Londonga uchish uchun samoga koʻtarilgan, ammo 5 daqiqa oʻtib havo kemasi halokatga uchradi. Bortda 242 kishi bor edi.Dastlab dahshatli aviahalokatda qutqaruvchilar tiriklarni topishga umid qilishmagan. Shunga qaramasdan, 40 yoshli Vishvashkumar Ramesh bu fojiada tirik qolgan bortdagi yagona inson ekani maʼlum boʻldi.U akasi Ajaykumar Ramesh bilan uchayotgan edi. Ular bort oshxonasining qarama-qarshi tomonidagi favqulod

08 Jun 02:27
 
38
0
xs.uz

Tramp va Mask omma oldida janjallashdi

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining sobiq doʻsti va ittifoqchisi, milliarder Ilon Maskni birinchi marta oshkora tanqid qildi. U tadbirkordan hafsalasi pir boʻlganini aytdi va Maskning 'Tesla' va 'SpaceX' kompaniyalariga davlat subsidiyalarini toʻlashni toʻxtatishni taklif qildi. Bunga javoban Mask uning yordamisiz respublikachi hech qachon prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozona olmasligini aytdi va Trampni voyaga yetmaganlarni zoʻrlashga aloqadorlikda aybladi. Sobiq doʻstlar oʻrtasi

08 Jun 02:27
 
27
0
xs.uz

Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini taqiqladi. Ular qaysi davlatlar?

AQSH prezidenti Donald Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini toʻliq va yana yetti davlat, jumladan Turkmaniston fuqarolarini qisman taqiqladi.Respublikachi bunday taqiqni oʻzining birinchi prezidentlik muddati davrida ham kiritgan edi, ammo hozir roʻyxatga KXDR va Suriya kiritilmagan.Oq uy saytida chop etilgan press-relizga koʻra, Afgʻoniston, Myanma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolariga toʻliq taqiq qoʻyi

15 Jun 10:46
 
52
0
xs.uz

Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?

Dunyo siyosatining bugungi murakkab manzarasida Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar eng xavfli va tahlikali mintaqaviy mojarolardan biri sifatida kun tartibida turibdi.2024'2025-yillarda sodir boʻlgan bevosita havo hujumlari, dronlar orqali amalga oshirilgan zarbalar va har ikki davlat rahbarlarining keskin bayonotlari ' bu qarama-qarshilik endilikda faqat diplomatik yoʻl bilan hal boʻlmasligini koʻrsatayotgandek.Eron va Isroil oʻrtasidagi keskinliklar nafaqat Yaqin Sharq mintaqasidagi