calendar 07 Jun 14:00
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qashqadaryo, Buxoro va Toshkentda soliqchilar pora bilan qo‘lga tushdi

image

Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahrida soliq xodimlarining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

DXXning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi tuman soliq inspeksiyasining sayyor soliq tekshiruvlari sho‘’basi bosh inspektori mahalliy 5 ta MCHJ faoliyati yuzasidan joriy yilning sentyabr oyiga qadar kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazmaslik evaziga 2300 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, u ushbu pul mablag‘ini viloyat soliq boshqarmasining kameral soliq tekshiruvlari sho‘’basi bosh inspektoriga berishi kerakligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi hamda mazkur mansabdor shaxs ham 2300 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Buxoro viloyati G‘ijduvon tuman soliq inspeksiyasi katta inspektori o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, tuman markazidagi “Ho‘jai jahon” savdo kompleksi hududida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorni joriy yilning oxiriga qadar aylanma soliq to‘lovchisi toifasidan, har oyda 2 mln 424 ming so‘m to‘laydigan qat’iy turdagi soliq to‘lovchisi toifasiga o‘tkazmaslik, kelgusida soliq idoralari tomonidan bo‘ladigan tekshiruvlardan himoya etish hamda uning faoliyatiga rahnamolik qilish evaziga 8 mln so‘m olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan umumiy ovqatlanish maskanida 6 oy mobaynida soliq tekshiruvlari o‘tkazmaslik, aksincha, uning faoliyatiga rahnamolik qilish evaziga 600 AQSH dollari olgan vaqtida mazkur tuman soliq inspeksiyasining bosh inspektori Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga tuman soliq inspeksiyasining sho‘’ba boshlig‘ining aloqador ekanligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlandi. 

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi MCHJ faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan soliq auditi tekshiruvi natijasida aniqlangan 267 mln 300 ming so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i va 664 mln 700 ming so‘m sof foyda solig‘ini mansabdor tanishlari orqali kamaytirib berish evaziga 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida mazkur tuman soliq inspeksiyasining kameral nazorat sho‘’basining sobiq boshlig‘i ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 15:40
 
271
0
xs.uz

Gaz “zapravka”lar uchun qoʻshimcha talablar belgilandi

Hujjatga koʻra, 2024-yil 1-sentyabrdan neft, gaz (shu jumladan, siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi) va gaz kondensatini qazib olish va qayta ishlash uchun litsenziya olishda koʻrsatiladigan texnologik jarayonlar va texnologik uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solinadi.Yangi AGTKSHlar qurish uchun tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish boʻyicha texnik shartlar va litsenziya faqat Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Energetika vazirligining taqdimnomasiga koʻra beril

15 Jul 20:48
 
150
0
qalampir.uz

Toshkentda erkak ayolini pichoqlab o‘ldirdi

Toshkentda erkak ayolini rashk sabab pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10 iyul kuni soat taxminan 22:00 larda 1977 yilda tug‘ilgan S.E. Yangihayot tumani “Chortoq” MFYda joylashgan xususiy korxonaga qarashli novvoyxonada shar’iy nikohidagi turmush o‘rtog‘i D.M. bilan janjallashib qolgan. U ayolni qasddan o‘ldirish maqsadida badanining turli qismlariga

15 Jul 12:03
 
54
0
xs.uz

Jizzaxda ayiq ikki kishiga tashlanib, ularni oʻldirgani aytildi

Maʼlum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab boʻlayotgan ushbu holat aslida Rossiyaning Baykalorti oʻlkasida sodir boʻlgani aniqlandi. Bu haqida Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatining Hayvonot dunyosini muhofaza qilish boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan.Ekologiya boshqarmasiga koʻra, bu kabi notoʻgʻri maʼlumotlarga ishonmaslikni soʻradi va qonunchilikda yolgʻon xabarlar tarqatgan shaxslar javobgarlikka tortilishi mumkin.

26 Jul 10:20
 
31
0
xs.uz

Firibgarlar “bir dumalab” kadastr xodimiga aylanib oldi

Maʼlum boʻlishicha, Kadastrlar palatasi Denov tumani filiali muhandisi Oʻ.N. fuqaro A.N.ning ishonchiga kirib, uning akasiga tegishli uy-joyning kadastr hujjatlarini 2 ming AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishini aytib, 1 ming 800 AQSH dollari va 2,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Shu kabi yana bir holat Qumqoʻrgʻon tumanida aniqlangan. Qayd etilishicha, oʻzini goʻyoki Qumqoʻrgʻon tumani kadastr boʻlimi xodimi sifatida tanishtirgan fuqaro F.B. fuqaro