calendar 07 Jun 11:10
eye 55
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

JCH saralashi: O‘zbekiston Turkmaniston ustidan g‘alabaga erishdi

image

Bugun, 6 iyun kuni futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionatiga saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkmaniston milliy terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkmaniston ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Ushbu uchrashuvda kiritilgan gollarga O‘zbekiston milliy terma jamoasidan Husniddin Aliqulov, Oston Urunov va Sherzod Nasrullayev, Turkmaniston milliy terma jamoasidan Shanazar Tirkishev mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron milliy terma jamoasiga qarshi 11 iyun kuni Tehronda bahs olib boradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 14:56
 
56
0
xs.uz

Murodjon Yoʻldoshev qozogʻistonlik dzyudochini magʻlub etdi. Navbatdagi raqib kim boʻladi?

Unda ishtirok etayotgan dzyudochimiz jahon chempionati sovrindori Murodjon Yoʻldoshev -73 kggacha boʻlgan vaznda qozogʻistonlik Daniyar Shamshayevni magʻlub etdi.Shu tariqa keyingi bosqichga yoʻl olgan sportchimizga AQSHlik taniqli sportchi Jek Yonezuka yoki moldovalik Adil Osmanov raqiblik qiladi.Avvalroq, dzyudochi Shukurjon Aminova afrikalik sportchini magʻlub etib keyingi bosqichga chiqqanligi haqida maʼlum qilingandi.

26 Jul 10:19
 
31
0
qalampir.uz

Makron bilan ko‘rishgan o‘zbekistonlik murabbiy bokschilarning imkoniyatini yuqori baholadi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiyaning Nansi shahridagi mashg‘ulotlarni yakunlab, hozirda Parijda Olimpiada bahslari uchun adaptatsiya jarayonlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda terma jamoa murabbiyi Farrux Qilichev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. “Nansidagi ikki haftalik mashg‘ulotimiz tugadi. Bokschilar bahslarga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rdi. 5 yildan buyon mana shu jamoaga murabbiylik qilyapman. Bungacha hech qachon bolalar bugungidek yaxshi formada bo

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Parijga sportchilar uchun O‘zbekistondan maxsus ovqatlar jo‘natildi

Parijda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga milliy taomlar jo‘natildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. “Yirik kompleks musobaqalarda sportchilarimiz hech qachon taomlardan qiynalmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan har bir musobaqalarda atletlarimiz uchun milliy taomlarimiz keltiriladi", deyiladi manba xabarida. Qayd etilishicha, Parijda ham delegatsiya a’zolariga ovqatlanishlari uchun alohida sharoit ya