calendar 06 Jun 14:41
eye 32
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tel-Aviv urushda Isroilni qo‘llab-quvvatlashi uchun soxta akkauntlarni moliyalashtiryapti – NYT 

image

Tel-Aviv ma’muriyati G‘azo sektoriga hujumlar chog‘ida Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi kontentni tarqatish uchun soxta akkauntlarni moliyalashtirdi. Bu haqda “New York Times” xabar beradi.

Qayd etilishicha, Isroil Diaspora vazirligi AQSH Kongressi, Senati va Vakillar palatasi a’zolarini Isroil harbiylarini moliyalashtirishga chaqiruvchi soxta ijtimoiy tarmoqlar orqali operatsiya o‘tkazishga buyruq bergan.

Operatsiyada ishtirok etgan rasmiylar va tegishli hujjatlarga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida Isroil AQSH Kongressi a’zolari, Senati va Vakillar palatasi hamda Amerika jamoatchiligiga Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi murojaatlar qilgan.

Tel-Aviv G‘azo sektoridagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ta’sir kampaniyasini uyushtirgan va pul to‘lagan. Isroilning to‘rt nafar rasmiysi maxfiy kampaniya Isroil Diasporasi ishlari vazirligi buyrug‘i bilan uyushtirilganini aytgan.

Vazirlik operatsiyaga taxminan 2 million dollar ajratgan va yashirin ta’sir kampaniyalarini o‘tkazish uchun sun’iy intellekt platformalaridan foydalanadigan Tel-Avivda joylashgan Isroilning Stoic kompaniyasini yollagan.

2023 yil oktyabr oyida Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlaridan bir necha hafta o‘tib boshlangan Stoic kampaniyasi X, Facebook va Instagram platformalaridan hamda o‘zini “haqiqiy amerikaliklar” sifatida ko‘rsatuvchi yuzlab soxta akkauntlardan Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi sharhlarni joylashtirish uchun foydalangan.

Ushbu ijtimoiy media akkauntlari, xususan, AQSH Vakillar Palatasining qora tanli demokrat a’zolari, masalan, nyu-yorklik Vakillar Palatasining ozchilik rahbari Hakim Jeffris va Jorjiyadan senator Rafael Uornok kabilarni nishonga olgan va ularni Isroil armiyasini moliyalashtirishni davom ettirishga chaqirgan.

Ijtimoiy media ekspertlarining aytishicha, Isroil aksariyat xabarlarni yaratish uchun sun’iy intellektga asoslangan ChatGPT chatbotidan foydalangan. Bu operatsiya Isroil hukumati AQSH hukumatiga qarshi ta’sir kampaniyasini o‘tkazayotganining hujjatlashtirilgan birinchi hodisasidir.

Ta’kidlanishicha, Eron, Shimoliy Koreya, Xitoy, Rossiya va Qo‘shma Shtatlar butun dunyo bo‘ylab, shu kabi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq, bunday kampaniyalarda davlatlar ishni xususiy kompaniyalarga topshirish yoki uchinchi davlatlar orqali olib borish orqali o‘z ishtirokini yashiradi.

“Isroilning bu boradagi roli ehtimol samarasiz. Isroilning AQSH siyosatiga aralashadigan operatsiya o‘tkazishi o‘ta mas’uliyatsizlikdir”, deydi Isroilning FakeReporter nazorat guruhi ijrochi direktori Axiya Shats.

Facebook, Instagram, Threads va WhatsApp egalari, OpenAI va Meta kompaniyalarining  bayonotiga ko‘ra, Isroil Diaspora vazirligi Stoic kampaniyasi bilan aloqasi yo‘qligini aytgan. Stoic bu boradagi savollarga javob bermagan.

Shuningdek, FakeReporter soxta akkauntlar X, Facebook va Instagramda 40 000 dan ortiq obunachilarni to‘plaganini aniqlagan. Biroq, Meta ushbu izdoshlarning ko‘pchiligi bot bo‘lishi mumkinligini va katta auditoriyani tashkil etmasligini ta’kidlagan.

“The Times”ning yozishicha, 2023 yil oktyabr oyida o‘nlab isroillik texnologik “startaplar” elektron pochta va WhatsApp xabarlarini qabul qilib, ularni urush davrida Isroilning “raqamli jangchilari” bo‘lish uchun favqulodda yig‘ilishlarga taklif qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, xat va xabarlarning bir qismi Isroil hukumati rasmiylaridan olingan. Birinchi uchrashuv 2023 yilning oktyabr oyida Tel-Avivda bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda turli hukumat vazirliklari vakillari ham ishtirok etgan. Bu norasmiy uchrashuv bo‘lib, unda isroilliklar o‘zlarining texnik ko‘nikmalari bilan mamlakatdagi urush harakatlariga yordam berishlari mumkin bo‘lgan.

Stoic kampaniyasining X, Instagram va Facebook’dagi ko‘plab soxta akkauntlari o‘zlarini amerikalik talabalar, tashvishli fuqarolar va mahalliy saylovchilar sifatida ko‘rsatgan. Bu akkauntlarda Isroilning urushdagi mavqeyini tasdiqlovchi maqolalar va statistik ma’lumotlar bo‘lgan.

FakeReporter’ga ko‘ra, kampaniya shuningdek, CNN va “The Wall Street Journal” kabi nashrlarda Isroilning urush davridagi pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlovchi xabarlarni o‘g‘irlagan va “Non-Agenda” va “UnFold Magazine” nomlari bilan uchta soxta yangiliklar saytlarini yaratgan.

Ma’lumot uchun, yaqinda Meta va Open AI ta’sir kampaniyasini Stoic bilan bog‘lagan hisobotlarni e’lon qilgan. Meta 510 ta Facebook akkaunti, 11 ta Facebook sahifasi, 32 Instagram akkaunti va operatsiya bilan bog‘liq Facebook guruhini o‘chirib tashlagan.

“Biz kelajakka nazar tashlar ekanmiz, siyosiy kampaniyalarda sun’iy intellektning roli kampaniyalarni strategiklashtirish, amalga oshirish va o‘lchash usullarini o‘zgartiradigan transformatsion sakrashga tayyor ekanligi aniq”, deb yozadi Stoic o‘zining LinkedIn sahifasida.

Biroq 31 may kuni Stoic bu xabarlarni LinkedIn dan o‘chirib tashlagan.

Shahnoza Halilova


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
29
0
qalampir.uz

KXDRning axlat sharlari Prezident qarorgohigacha yetib bordi 

Bugun, 24 iyul kuni Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yolning Seuldagi davlat idorasiga Shimoliy Koreya tomonidan yuborilgan 300 ga yaqin axlat sharlari kelib tushdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.  Taxminan 250 ga yaqin sharlar asosan poytaxt Seul va yaqin atrofdagi Kyonnggi provinsiyasining shimoliy hududiga qulagan. Prezident xavfsizlik xizmati havo shari tarkibini o‘rganib chiqqan va uning kimyoviy, biologik va radiatsiyaviy xavf tug‘dirmasligini ma’lum qilgan. Xavf

15 Jul 12:03
 
63
0
xs.uz

Turkiyada sayyohlarni olib ketayotgan avtobus YTH uchradi. Qurbonlar bor

Turkiyaning Mugʻla viloyatida sayyohlarni olib ketayotgan avtobus yoʻl transport hodisasi (YTH)ga uchradi. Bu haqda IHA agentligi xabar bermoqda.Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, fojia oqibatida ikki kishi halok boʻlgan, yana 28 nafar odam tan jarohati olgan. Ulardan toʻrt nafarining ahvoli ogʻirligi aytilmoqda.'Mahalliy aholini bir kunlik sayohatga olib ketayotgan avtobusning Akyaka shahrida tormoz ishlamay qolgan va toʻxtab turgan uchta mashinaga borib urilgan. Keyin yana harakatlanishni

26 Jul 10:19
 
48
0
qalampir.uz

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlarni ishlatish taqiqlandi

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlardan foydalanish taqiqlandi. Tegishli qonun Prezident Sadir Japarov tomonidan imzolandi.  Bunday qonun qabul qilinishining sababi firibgarlar investorlarning pullarini jalb qilish maqsadida shirkat nomlarida diniy atamalar ishlatgan. Taqiqlash ustavida asosiy maqsad daromad olishdan iborat bo‘lmagan diniy notijorat tashkilotlarga, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan yuridik shaxslarga

11 Aug 03:44
 
27
0
xs.uz

Vositachilar Isroil va HAMASni oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirmoqda

Qatar, Misr hamda Qoʻshma Shtatlar Isroil va HAMASni Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarni qayta boshlashga chaqirdi. Chunki Isroilning davom etayotgan bombardimonlari 40 mingga yaqin falastinlikning hayotiga zomin boʻldi.Payshanba kuni eʼlon qilingan qoʻshma bayonotda uch davlat Isroil va HAMASni Doha yoki Qohirada shoshilinch muhokamani qayta boshlashga va kechiktirmasdan bitimni amalga oshirishga chaqirdi.'Otashkesim kelishuvini tuzish, garovga olinganlar va m