O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayevning transfer narxi 6 million yevroga yetdi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi.
Yanvar oyidan keyin Fayzullayevning transfer qiymati 5 million yevroga yetgandi. Aprel oyidan keyin uning qiymati 6 million yevroga ko‘tarildi va 20 yoshli futbolchi O‘zbekistnning eng qimmat futbolchisiga aylandi.
Bu borada Fayzullayev 28 yoshli O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovni ortda qoldirdi. Shomurodovning transfer qiymati 5 million yevroni tashkil etadi. O‘zbekistonning eng qimmat futbolchilari uchligini Dubayning “Shabab Al-Ahli” klubi futbolchisi Aziz G‘aniyev yakun yasab berdi. 26 yoshli G‘aniyevning narxi 3 million yevroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fayzullayev SSKAning may oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.