' Maktabimizda shaxmat toʻgaragi uchun maxsus xona tashkil qilib oʻquv qoʻllanmalari, shaxmat taxtasi, soati va boshqa zarur anjomlar bilan jihozladik, ' deydi Urganch shahridagi 29-sonli maktab direktori Azamat Madaminov. 'Boshlangʻich sinflarga jismoniy tarbiya darslarida shaxmat sirlari ham oʻrgatilmoqda. Taniqli grossmeysterlarni taklif qilgan holda oʻtkazilayotgan 'Shaxmat haftaligi' tadbirlari oʻquvchilarimizda shaxmatga boʻlgan qiziqishni yanada oshirmoqda.
' Maktablarda shaxmat sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yaqin kelajakda albatta, oʻz samarasini beradi, ' deydi taniqli grossmeyster, shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Nodirbek Yakubboyev. ' Taʼlim maskanlarida oʻtkazilayotgan shaxmat turnirlari mehmoni sifatida qatnashib, yoshlarga ragʻbat berayotganimdan xursandman.
Joriy yilda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan mamlakat chempionatlarida Xorazm viloyati vakillari 6 ta oltin, 6 ta kumush va 8 ta bronza medallarni qoʻlga kiritdi. Xiva shahrida har yili al-Beruniy xalqaro shaxmat turniri va 'Turizm va shaxmat' haftaligini oʻtkazish anʼanaga aylangan. Shaxmat sirlarini oʻrganish borasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar kelgusida xalqaro turnirlarda medallar shodasi yanada kengayishiga xizmat qiladi.
Fargʻonada Odil Ahmedov futbol akademiyasi filiali ish boshladi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Fargʻona viloyati futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalariga iqtidorli oʻyinchilar yetkazib berish hamda 'millionlar oʻyini'ga muxlislik borasida yurtimizda yetakchilar sirasiga kiradi.Ayni paytda isteʼdodli yoshlarni kashf etish orqali milliy terma jamoa hamda professonal futbol klublariga munosib vorislarni tayyorlash doimiy ustuvor vazifa hisoblanadi. Mamlakatimizda keyingi yillarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, futbol maktablari va futbol aka
Oʻzbekiston futzal jamoasi bosh murabbiyi ishdan ketdi
Oʻzbekiston futzal terma jamoasini boshqargan ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes mamlakatdagi murabbiylik faoliyatini yakunladi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi matbuot xizmati'xabar berdi.Bildirilishicha, kecha, 7-oktyabr kuni OʻFA rahbariyati hamda bosh murabbiy qatnashgan yigʻilishda milliy jamoaning Oʻzbekistonda oʻtgan musobaqadagi ishtiroki tanqidiy koʻrib chiqilgan. Yigʻilish avvalida OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ispaniyalik mutaxassisga term
“Oʻgʻirlangan Oltin toʻp mojarosi”: Rodri kutilganidek “odobli” boʻlib chiqmadi. Sportchi “Xayr, Vinisius” deb haqoratli qoʻshiqni aytgan (+video)
'Manchester Siti' yarim himoyachisi Rodri Vinisius Junior haqida qoʻshiq aytganini inkor qilmadi. U oʻsha nishonlashni shaxsiy yopiq bayram boʻlgani va bu normal narsa ekanini aytgan. Bu haqda 'Goal' yozmoqda.Qayd etish kerakki, ispaniyalik yarim himoyachi ushbu qoʻshiqni aytganini inkor qilmagan va bu feyk emasligi suhbatdan ayon boʻladi. Shu tariqa hammaga 'odobli' boʻlib tanilgan Rodri hamkasbiga nisbatan haqoratli qoʻshiq kuylagani rost boʻlib chiqadi.Shuningdek, u 'Real Madrid' yuld
Nodirbek Abdusattorov yana Magnus Karlsenga qarshi dona suradi
Bu anʼanaviy musobaqa oltinchi marta tashkil etilib, dunyoning eng kuchli shaxmat ustalarini bir joyga toʻplaydi. Turnir rapid va blis yoʻnalishlarida qizgʻin janglarga boy boʻlishi kutilmoqda. Ushbu nufuzli turnirning mukofot jamgʻarmasi 41,500 AQSH dollarini tashkil etib, elit shaxmatchilarni oʻziga jalb qilgan. Turnirda hamyurtimizdan tashqari toʻrt karra jahon chempioni Magnus Karlsen, Xitoyning birinchi raqamli shaxmatchisi Vey Yi, germaniyalik isteʼdod Vinsent Keymer, AQSHlik taj