calendar 05 Jun 14:37
eye 43
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Sardobaga yangi hokim tayinlandi

image

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba tumaniga Ziyodulla Karimov hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 5 iyun kuni xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev qatnashgan sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi.

Sessiyada ayni kunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Ziyodulla Danabayevich Karimov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, Ziyodulla Karimov 1979 yilda Sayxunobod tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda O‘zbekiston milliy universiteti, 2007 yilda Toshkent moliya instituti va 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent viloyatidagi Ohangaron tumaniga Doniyor Madirimov hokim etib tayinlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 16:58
 
62
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston rahbarlari yangi kooperatsiya loyihalariga start berdilar

Jumladan, Fargʻona va Namangan viloyatlarida umumiy quvvati 400 megavatt boʻlgan ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishiga start berildi. Ushbu stansiyalarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi Qirgʻizistonga yetkazib berilishi koʻzda tutilgan.Chuy viloyatida zamonaviy yengil avtomobillar va tijorat texnikalari ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. Xususan, u yerda 'Kobalt,' 'Oniks' va 'Treker' rusumli yengil hamda yuk avtomobillari yigʻiladi.Shuningdek, Qora-Balta shahrida tikuv-

20 Jul 13:04
 
56
0
qalampir.uz

Yil boshidan beri O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq shaxs qamaldi

2024 yilning dastlabki 6 oyida 10 mingdan ortiq shaxs ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi xabar berdi. Qayd etilishicha, joriy yilning birinchi yarmida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 37 179 nafar shaxsga nisbatan 29 086 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 465 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilingan. Sudlangan shaxslar soni 29 382 nafarni tashkil etib, shundan 10 287 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 18 579 nafariga boshqa turdag

18 Jul 15:02
 
81
0
xs.uz

Sadir Japarov Koʻksaroy qarorgohida tantanali kutib olindi

Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni tantanali kutib olish marosimi boʻldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qarorgoh oldidagi maydonda davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif etdi. Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi.Yetakchilar faxriy qorovul safi ol

26 Aug 12:29
 
8
0
xs.uz

Turkiyadagi oʻzbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ushbu davlatda boʻlib turgan fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.Qayd etilishicha, soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali Istanbulda ayrim xorijiy davlatlar nomi ostidagi oʻzbek bolalariga moʻljallangan maktablar reklamasi tarqalmoqda. Bu maktablarda xorijiy tillar, robototexnika, diniy bilimlar, informatika va jismoniy tarbiya mashgʻulotlari oʻrgatilishi eʼlon qilingan.Shundan kelib chiqqan holda ota-onalardan voyaga yetmagan farzan