Samarqand viloyatining Urgut tumanida maktab o‘quvchisi Nexia-2 rusumli avtomobilda 6 yashar qizni urib ketdi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l xarakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 2 iyun kuni Urgut tumanidagi "Yangihayot" mahallasida sodir bo‘lgan. Shu tumanda yashovchi fuqaroning maktabda o‘qiydigan farzandi Nexia-2 mashinani haydab ko‘chaga chiqqan. Haydovchilik guvohnomasi ham bo‘lmagan yigit mashinani yuqori tezlikda harakatlantirib ketayotib, yo‘lning bir tomonidan ikkinchi tomoniga o‘tayotgan 6 yoshli qizni urib yuborgan.
Qizaloq shifoxonaga olib borilgan. Ammo, ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, vafot etgan.
Bildirilishicha, hozirda hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 3 iyun kuni Toshkent shahrida rusumli avtomobil yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgandi.