calendar 05 Jun 12:01
eye 55
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Real”ning afsonaviy futbolchisi “Al-Nasr”da faoliyat boshladi

image

Madridning “Real” klubi va Ispaniya terma jamoasi afsonasi Fernando Yerro “Al-Nasr”ning sport direktori bo‘ldi. Bu haqda Saudiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

2022 yildan 2024 yilgacha Yerro Meksikaning “Gvadalaxara” klubida sport direktori lavozimida ishlagan.

56 yoshli mutaxassis Rossiyada bo‘lib o‘tgan 2018 yilgi Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasini boshqargandi. Bundan tashqari, murabbiy 2014-2015 yillarda “qirollik klubi”da yordamchi murabbiy bo‘lib faoliyat yuritgan. 2016-2017 yillarda esa “Real Ovedo” jamoasiga ustozlik qilgan.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu, Sadio Mane, Emerik Lyaport kabi futbolchilardan iborat “Al-Nasr” o‘tgan mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 2-o‘rinni egalladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 16:21
 
63
0
qalampir.uz

“Navbahor” terma jamoa posbonini 300 ming yevroga sotdi

O‘zbekiston milliy jamoasi va “Navbahor” klubi darvozaboni O‘tkir Yusupov Eronning “Fulad” klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, “Navbahor” 33 yoshli posbonni 300 ming yevro evaziga Eron klubiga qo‘yib yuborgan. Yusupov yangi klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. Ma’lumot uchun, Yusupov faoliyati davomida O‘zbekistonning “Mash’al”, “Nasaf”, “Neftchi&rdquo

15 Jul 12:02
 
57
0
qalampir.uz

Madrimov-Krouford jangining promo-roligi e’lon qilindi (video)

Joriy yilning 3 avgust kunida o‘zbekistonlik professional bokschi, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA kamari sohibi Isroil Madrimov amerikalik mashhur charm qo‘lqop ustasi, P4P reytingi yetakchilaridan biri Terens Krouford bilan jang qiladi. Jang tashkilotchilari to‘qnashuvning promo-roligini e’lon qildi. Promo-rolikda Krouford va Madrimovning janggacha bo‘lgan davrgacha bosib o‘tgan og‘ir va mashaqqatli yo‘llari ifoda etilgan. Rolikda Madrimov va Krouford jang qilayotgan va

20 Jul 19:20
 
60
0
qalampir.uz

“Real” posboni faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin “qaymoqranglilar” bilan hali shartnoma imzolamagan va jamoani tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda “Marca” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Lunin “Chelsi” bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi, biroq uning transfer summasi va shartnoma tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.  Taniqli futbol jurnalisti Fabritsio Romano esa bu ma’lumotni rad etmoqda. “Chelsi”ga tegishli bo

27 Jul 08:54
 
92
0
qalampir.uz

Parij-2024: O‘zbekiston-Misr o‘yiniga hakam tayinlandi

Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslaridan o‘rin olgan O‘zbekiston-Misr uchrashuvini yangi zelandiyalik Kavana-Vauf Kempbell boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurti Trevis Isaak va solomonlik Mutukera Bernard yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi yamaykalik Hamilton Odettega ishonib topshirildi. Misrga qarshi bahsda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi to‘liq oq libosda harakatlanadi. Darvozabon esa yashil rangli libosda maydonga tushadi. Ma