calendar 04 Jun 15:36
eye 55
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Netanyaxu harbiy harakatlarni 42 kunga to‘xtatishga tayyorligini aytdi

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu anklavda garovga olingan isroilliklarni ozod qilish uchun G‘azo sektoridagi jangovar harakatlarni olti haftaga to‘xtatishga tayyorligini aytdi. Bu haqda “Israil Hayom” gazetasi xabar berdi.

“Isroil garovga olinganlarni qaytarish uchun harbiy harakatlarni 42 kunga to‘xtatishi mumkin. Ammo biz urushni to‘xtata olmaymiz. Eronliklar va barcha dushmanlarimiz taslim bo‘lamizmi, deb bizga qarab turibdi”, degan Bosh vazir parlamentning Tashqi ishlar va mudofaa masalalari komissiyasining yopiq majlisida.

“Times of Israel” nashrining tushuntirishicha, Netanyaxu tegishli bayonot bilan AQSH Prezidenti Jo Bayden tomonidan Yaqin Sharqdagi mojaroni hal qilish bo‘yicha taklif qilingan rejani izohlar ekan, Amerika Prezidentining rejasida “bo‘shliqlar” mavjudligini aytgan.

“Bayden taqdim etgan reja to‘liq emas edi. Garovga olinganlarni qaytarish uchun urush to‘xtaydi, keyin muhokama qilamiz. AQSH Prezidenti ommaga taqdim etmagan boshqa tafsilotlar ham bor”, deya qo‘shimcha qildi Bosh vazir.

AQSH Prezidenti Jo Bayden 31 may kuni G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va isroillik garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha uch bosqichli rejani taqdim etdi. HAMAS rejani ijobiy kutib oldi.

Shu bilan birga, Isroil hukumatining ikki o‘ta o‘ngchi a’zosi – Moliya vaziri Bezalel Smotrix va Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir, agar Bosh vazir Binyamin Netanyaxu kelishuvga rozi bo‘lsa, o‘z lavozimlaridan iste’foga chiqish va hukmron koalitsiyani parchalash bilan tahdid qilgan.

Bosh vazirning o‘zi esa barcha garovga olinganlarni ozod qilmasdan, HAMASning harbiy va siyosiy imkoniyatlarini yo‘q qilmasdan turib, doimiy sulh bo‘lmasligini ta’kidladi. O‘z navbatida, muxolifat yetakchisi Yair Lapid Baydenning rejasini qo‘llab-quvvatladi.

Keyinroq Isroil Bosh vazirining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Ofir Falk Isroil rejaning asosiy qoidalariga rozi ekanligini, biroq hali ko‘p tafsilotlarni yakunlash zarurligini aytdi.

“Bu unchalik yaxshi kelishuv emas, lekin biz haqiqatan ham barcha garovga olinganlarning ozod etilishini xohlaymiz”, deya qo‘shimcha qildi maslahatchi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 21:29
 
77
0
qalampir.uz

Rossiyada WSJ muxbiri 16 yilga qamaldi

Sverdlovsk viloyat sudi amerikalik “Wall Street Journal” muxbiri Evan Gershkovichni 16 yilga qattiq rejimli koloniyaga hukm qildi. Bu haqda TASS xabar berdi. "Gershkovich Evan aybdor deb topilib, 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini qat’iy rejimli koloniyada o‘tashga tayinlansin", deyiladi sud hukmida. “Wall Street Journal” muxbiri Moskvadagi Lefortovo sudi qarori bilan josuslik ishi bo‘yicha hibsga olingan. Avvalroq prokuratura unga

26 Jul 10:19
 
29
0
qalampir.uz

Ukraina o‘z raketalarini yaratishga yaqinlashmoqda – Zelenskiy

 Ukraina uzoq masofali raketalarini yaratish va ishlab chiqarishda muvaffaqiyatga erishmoqda. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi. "Raketa dasturimiz yaxshi dinamikaga ega. Bu qiyin vazifa bo‘lsa-da, asta-sekin o‘z raketalarimizdan foydalanish qobiliyatiga yaqinlashmoqdamiz", deydi Vladimir Zelenskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hamkorlardan yordam olish bilan bir qatorda, “barcha vositalar va bor kuchi bilan Rossiya qo‘shin

21 Jul 09:40
 
74
0
qalampir.uz

AQSH yadroviy arsenaliga oid ma’lumotlarni ochiqladi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining yadroviy arsenalida 2023 yil sentyabr holatiga ko‘ra,  3748 ta jangovar kallak bor edi. Bu haqda bugun, 20 iyul kuni AQSH Yadro xavfsizligi milliy agentligi  ma’lum qildi. “AQSH yadro qurollar zaxirasidagi shaffoflik” deb nomlangan hujjatda aytilishicha, Qo‘shma Shtatlar yadroviy qurollar sonini kamaytirishda davom etmoqda. 1994 yildan 2023 yilgacha Qo‘shma Shtatlar 12 088 ta yadro kallaklarini demontaj qilgan. Bildirilishicha, y

15 Jul 12:02
 
81
0
qalampir.uz

Trampga uyushtirilgan suiqasdga dunyo liderlari qanday munosabat bildirdi?

Kecha, 13 iyul kuni AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga Pensilvaniyadagi tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida noma’lum shaxs tomonidan o‘q uzilib, suiqasd uyushtirildi. Oq uy sobiq rahbarining hayotiga qilingan tajovuzga dunyo mamlakatlarining rasmiylari qanday munosabat bildirdi? Vladimir Zelenskiy, Ukraina Prezidenti “Trampni otishganini qoraylayman. To‘g‘risi, suiqasddan dahshatga tushdim. Bunday  zo‘ravonlikni oqlab bo‘lmaydi va dunyoning hech bir joyida