calendar 04 Jun 14:37
eye 66
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ronaldu Mbappening “Real”ga o‘tganiga munosabat bildirdi

image

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Kilian Mbappe PSJdan “Real”ga o‘tganidan so‘ng fransiyalik hujumchiga murojaat qildi.

“Santyago Bernabeu”ni larzaga keltirayotganingni ko‘rishdan xursand bo‘laman... Olg‘a Madrid!” deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqda.

2024 yil 3 iyun kuni “Real Madrid” Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Tez orada futbolchining tanishtiruv marosimi ham bo‘lib o‘tadi. 

Futbolchining “Real” bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda fransiyalik hujumchi PSJ safida 48 ta o‘yin o‘tkazib, 44 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” internet portali fransiyalik forvardning bozor qiymatini 180 million yevroga baholamoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

Raqibim penaltini qanaqa tepishini oldindan o‘rganmagandim – Abduvohid Ne’matov

Parij Olimpiadasining futbol bahslaridan o‘rin olgan O‘zbekiston-Ispaniya uchrashuvida penaltini qaytargan “oq bo‘rilar” posboni Abduvohid Ne’matov uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  “Afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. Biz bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. O‘zbekistondan kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan barchadan minnatdorman. Muxlislarning yordami bilan ajoyib atmosferada to‘p tepdik, biroq ozroq omad yetishmadi.

26 Jul 14:56
 
69
0
qalampir.uz

Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingida yetakchi o‘zgarmadi

Ukrainalik professional bokschi Aleksandr Usik ayni paytda vazn toifasidan qat’i nazar (P4P), dunyoning eng yaxshi jangchilarining yangilangan reytingida yetakchi bo‘ldi. Bu haqda “The Ring” xabar berdi. Reytingda yuqori uchlikda hech qanday o‘zgarish kuzatilmadi. 2-o‘rinda yaponiyalik Naoya Inoue, 3-o‘rinda amerikalik Terens Krouford qayd etildi. Kuchli o‘nlikda bitta o‘zgarish bo‘ldi. Yaponiyalik Yunto Nakatani to‘qqizinchi, Errol Spens esa 10-o‘ringa ko

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Kichik xatolar evaziga imkoniyatni boy berdik – Eldor Shomurodov

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Olimpiada guruh bosqichi 1-turi doirasidagi Ispaniyaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. “Raqibdan kelib chiqib aytishim mumkinki, birinchi o‘yinni yomon o‘tkazmadik. Kichik xatolar evaziga imkoniyatni boy berdik. Birinchi vazifamiz avvalo guruhdan chiqish hisoblanadi. Ispaniyani mag‘lub eta olmagan bo‘lsak ham, qolgan raqiblar bilan bahslarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Hozircha hech narsa

26 Jul 16:21
 
63
0
qalampir.uz

“Navbahor” terma jamoa posbonini 300 ming yevroga sotdi

O‘zbekiston milliy jamoasi va “Navbahor” klubi darvozaboni O‘tkir Yusupov Eronning “Fulad” klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, “Navbahor” 33 yoshli posbonni 300 ming yevro evaziga Eron klubiga qo‘yib yuborgan. Yusupov yangi klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. Ma’lumot uchun, Yusupov faoliyati davomida O‘zbekistonning “Mash’al”, “Nasaf”, “Neftchi&rdquo