calendar 04 Jun 12:08
eye 44
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Barselona”ning yozdagi asosiy transfer maqsadi ma’lum bo‘ldi

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi Bilbaoning “Atletik” jamoasi vingeri Niko Uilyamsni sotib olmoqchi. Bu haqda “Sport.es” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi Kataloniya klubining asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. “Barselona” sport direktori Deku allaqachon futbolchining agenti bilan bog‘langan va kelishuvni amalga oshirish uchun kerakli ishlarni boshlab yuborgan.

Klub rahbariyati Uilyams uchun tovon to‘lash bandida ko‘rsatilganidan ko‘ra kattaroq summa taklif qilishga tayyor, shunda “Atletik” uni tezroq sotishga rozi bo‘ladi. 

Joriy mavsumda Uilyams 37 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, Uilyamsning qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
40
0
qalampir.uz

Eronlik futbolchi “Inter” klubi a’zosiga aylandi

Italiyaning “Inter” klubi “Portu”ning 31 yoshli hujumchisi Mehdi Taremi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Eronlik futbolchining Portugaliya klubi bilan shartnomasi o‘tgan mavsum oxirida yakuniga yetdi va u erkin agent sifatida “Inter”ga o‘tdi. Taremi 2018 yilda Qatar klubiga ko‘chib o‘tgunga qadar Eronning bir qator jamoalarida faoliyat yuritgan.  U “Al-Garafa”da ikki mavsum o‘ynagach, Yevropa

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

Parij-2024: Mali-Isroil o‘yini uchun xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Parijdagi huquq-tartibot idoralari xodimlari 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida Isroil va Mali terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini ko‘radi. Bu haqda “L’Equipe” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, o‘yin xavfsizligini ta’minlash uchun Mali-Isroil jamoalari o‘rtasidagi guruh bosqichi o‘yini o‘tkaziladigan “Park de Prens” stadioniga mingga yaqin politsiyachi jalb etiladi. Ma’lumot uchun, Mali-Isroil uchrashuvi Tosh

26 Jul 10:21
 
31
0
xs.uz

Bellingemning bir yilda qilolmagan ishini Mbappe bir haftada uddaladi

'Real Madrid' Kilian Mbappening 'Santyago Bernabeu'dagi taqdimotidan soʻng, bir hafta ichida rekord darajada fransiyalik futbolchining futbolkalarini sotishga erishdi. Bu haqda 'Goal' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, fransuz yulduzi futbolkalar savdosi boʻyicha Jud Bellingemdan oʻzib ketdi. Mbappening 9-raqamli libosi muxlislar tomonidan eng koʻp sotib olingan futbolkaga aylanishi bilan birga bir yil davomida ingliz futbolchisining jami sotilgan futbolkalaridan 5 barobar koʻpligi ma

03 Sep 21:36
 
20
0
xs.uz

IBA Osiyo mamlakatlari boʻyicha muhim bayonoti eʼlon qilindi

Qayd etilishicha, xalqaro boks assotsiatsiyasi Osiyo boks konfederatsiyasi delegatlarining IBAʻda qolish boʻyicha qarorini qoʻllab-quvvatlaydi. 'Bu qaror IBAʻning butun dunyo boʻylab boks rivoji yoʻlida qilgan mehnatini, IBA boks oilasi birdamligi uchun qilgan ishlarini koʻrsatib berdi', deyiladi xabarda.Shuningdek tashkilot Milliy Olimpiya qoʻmitalar oʻz federatsiyalariga tarkibimizdan chiqish borasida bosim boʻlishi mumkinligini toʻgʻri tushunadi. Ular shunchaki oʻz sportchilarini