calendar 03 Jun 18:45
eye 30
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Jizzaxda bosqinchilik bilan shug‘ullangan jinoiy to‘da qo‘lga olindi

image

Jizzax viloyatida bosqinchilik bilan shug‘ullangan jinoiy to‘da aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent-Termiz M-39 yo‘lining  Jizzax viloyati hududidan o‘tgan qismida uch nafar fuqaro – ikki nafari 36 yoshli, biri 41 yoshli – Gazel rusumli avtomashinaning oynasini sindirib, haydovchisini temir bo‘lagi bilan urgan va unga jarohat yetkazgan. Bosqinchilar haydovchiga tegishli bo‘lgan 350 ming so‘m pul va uyali aloqa vositasini olgan. Shundan so‘ng jabrlanuvchi ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

Murojaat asosida tezkor qidiruv ishlari amalga oshirilgan va natijada ayblanuvchilardan birining shaxsi  va ularning Cobalt rusumli mashinada harakatlanayotganligi ma’lum bo‘lgan. Avtoulov kuzatuvga olinib, Navoiy viloyatida ushlangan. Tekshiruvlar davomida mazkur shaxslar Zarbdor tumanida ham oziq-ovqat do‘konining oynasini sindirib, u yerdan televizor, noutbuk va bir million so‘m miqdoridagi mahsulotlar o‘margani aniqlangan.

“Holat yuzasidan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 14:55
 
87
0
qalampir.uz

Toshkentda avtomashina raqamini soxtalashtirgan shaxs qamaldi

Toshkentda mashhur UZB seriyali avtomashina raqamini soxtalashtirgan shaxs ikki yilga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha, 1989 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining Gentra rusumli avtomashinasiga UZB qalbaki raqamini o‘rnatib foydalanib kelgan. Fuqaro ushbu raqamlarni Rossiya Federatsiyasidagi firmalarning biridan buyurtma asosida sotib olgan. Bundan tashqari u javobgarlikdan qochish maqsadida YPX inspektorlariga tegishl

15 Jul 12:03
 
31
0
xs.uz

Jizzaxda ayiq ikki kishiga tashlanib, ularni oʻldirgani aytildi

Maʼlum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab boʻlayotgan ushbu holat aslida Rossiyaning Baykalorti oʻlkasida sodir boʻlgani aniqlandi. Bu haqida Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatining Hayvonot dunyosini muhofaza qilish boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan.Ekologiya boshqarmasiga koʻra, bu kabi notoʻgʻri maʼlumotlarga ishonmaslikni soʻradi va qonunchilikda yolgʻon xabarlar tarqatgan shaxslar javobgarlikka tortilishi mumkin.

15 Jul 12:03
 
68
0
xs.uz

Tanzila Norboyeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan muzokara oʻtkazdi

Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish istiqbollari va mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida ikki davlat rahbarlarining munosabatlari oʻziga xos ' doʻstona, oʻzaro ishonchga asoslangani, mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalar har tomonlama strategik sheriklik xarakteriga ega ekani alohida qayd etildi.Muloqot chogʻida iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish yuzasidan ham fikr almashildi.Oʻzbekiston va Rossiya oʻrta

19 Jul 18:14
 
57
0
xs.uz

Qirgʻiziston rahbari Xivadagi yirik gilamchilik korxonasi bilan tanishdi

2020-yilda tashkil etilgan mazkur korxonada yiliga 4,2 million kvadrat metr gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarilib, Xitoy, Rossiya, AQSH, Qozogʻiston va MDHning boshqa mamlakatlariga eksport qilinmoqda.Yevropaning yetakchi davlatlari texnologiyasi bilan jihozlangan zamonaviy kombinatda bugungi kunda 750 kishi mehnat qilmoqda.Prezidentlar korxonaning ishlab chiqarish jarayoni va shourumini, shuningdek, kombinat hududida tashkil etilgan 'Made in Uzbekistan' brendi ostidagi sanoat mahsulotl