calendar 03 Jun 15:43
eye 167
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Biz bir oiladek edik, bu sovrin yutishning yagona yo‘li – Luka Modrich

image

“Real Madrid”ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich jamoa nima uchun mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazgani haqida fikr bildirdi. 

“Joriy mavsumda jarohatlar bo‘yicha ko‘p muammolarga duch keldik, lekin biz doimo bir-birimizga yordam berardik, bir oiladek bo‘ldik. Bu sovrinlarni yutishning yagona yo‘li. Muxlislarimizga qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorlik bildirmoqchiman – ular biz uchun qanchalik muhimligini bilishmasa ham kerak”, deydi Modrich.

Joriy mavsumda Luka Modrich barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 8 million yevroni tashkil qiladi.

Ispaniya chempionati yakuniga ko‘ra, “Real Madrid” 36 marta milliy chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. “Qaymoqranglilar” 38 turda 95 ochko jamg‘ardi. Shuningdek, “Real” asosiy Yevropa Chempionlar ligasi finalida Dortmundning “Borussiya” jamoasini mag‘lub etib, 15 marta turnirda g‘olib chiqdi (2:0).


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 14:56
 
69
0
qalampir.uz

Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingida yetakchi o‘zgarmadi

Ukrainalik professional bokschi Aleksandr Usik ayni paytda vazn toifasidan qat’i nazar (P4P), dunyoning eng yaxshi jangchilarining yangilangan reytingida yetakchi bo‘ldi. Bu haqda “The Ring” xabar berdi. Reytingda yuqori uchlikda hech qanday o‘zgarish kuzatilmadi. 2-o‘rinda yaponiyalik Naoya Inoue, 3-o‘rinda amerikalik Terens Krouford qayd etildi. Kuchli o‘nlikda bitta o‘zgarish bo‘ldi. Yaponiyalik Yunto Nakatani to‘qqizinchi, Errol Spens esa 10-o‘ringa ko

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Kichik xatolar evaziga imkoniyatni boy berdik – Eldor Shomurodov

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Olimpiada guruh bosqichi 1-turi doirasidagi Ispaniyaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. “Raqibdan kelib chiqib aytishim mumkinki, birinchi o‘yinni yomon o‘tkazmadik. Kichik xatolar evaziga imkoniyatni boy berdik. Birinchi vazifamiz avvalo guruhdan chiqish hisoblanadi. Ispaniyani mag‘lub eta olmagan bo‘lsak ham, qolgan raqiblar bilan bahslarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Hozircha hech narsa

26 Jul 16:21
 
63
0
qalampir.uz

“Navbahor” terma jamoa posbonini 300 ming yevroga sotdi

O‘zbekiston milliy jamoasi va “Navbahor” klubi darvozaboni O‘tkir Yusupov Eronning “Fulad” klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, “Navbahor” 33 yoshli posbonni 300 ming yevro evaziga Eron klubiga qo‘yib yuborgan. Yusupov yangi klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. Ma’lumot uchun, Yusupov faoliyati davomida O‘zbekistonning “Mash’al”, “Nasaf”, “Neftchi&rdquo

15 Jul 12:02
 
57
0
qalampir.uz

Madrimov-Krouford jangining promo-roligi e’lon qilindi (video)

Joriy yilning 3 avgust kunida o‘zbekistonlik professional bokschi, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA kamari sohibi Isroil Madrimov amerikalik mashhur charm qo‘lqop ustasi, P4P reytingi yetakchilaridan biri Terens Krouford bilan jang qiladi. Jang tashkilotchilari to‘qnashuvning promo-roligini e’lon qildi. Promo-rolikda Krouford va Madrimovning janggacha bo‘lgan davrgacha bosib o‘tgan og‘ir va mashaqqatli yo‘llari ifoda etilgan. Rolikda Madrimov va Krouford jang qilayotgan va