calendar 02 Jun 12:25
eye 89
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ohangaronda 3 ta mashina ishtirokida YTH bo‘ldi 

image

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida Gentra, Damas va Chery rusumli avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXB Axborot xizmati xabar berdi.

Hodisa kecha, 31 may kuni holat Toshkent viloyati Ohangaron tumanida soat taxminan 17:00 larda xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A373 “M39 avtoyo‘li - Guliston - Bo‘ka - Angren - Qo‘qon va Andijon orqali – O‘sh” avtomobil yo‘lining 165-kilometrida sodir bo‘lgan.

1964 yilda tug‘ilgan R.A boshqaruvidagi Damas rusumli transport vositasida ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga qo‘shilayotgan vaqtida “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan haydovchilar – 1977 yilda tug‘ilgan X.B boshqaruvidagi Gentra va 1987 yilda tug‘ilgan Yu.D boshqaruvidagi Chery TIGGO 7 PRO rusumli transport vositalari bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Haydovchi va yo‘lovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Og‘ir tan jarohati va vafot etganlar yo‘q.

“Holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda avtobus va teplovoz ishtirokida YTH bo‘lgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Feb 17:04
 
220
0
xs.uz

Aholi farovonligi yoʻlida: Mahallabay yondashuv va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot

2024-yil 26-fevral kuni 'Taraqqiyot strategiyasi' markazi Jahon banki va Buyuk Britaniya hukumati koʻmagida, Hamdoʻstlik va Taraqqiyot byurosining Markaziy Osiyo boʻyicha hududiy rivojlantirish ofisi hamkorligida 'Oʻzbekiston fuqarolarini tinglab: aholi turmush darajasini oshirishda mahallabay yondashuv' mavzusida davra suhbati tashkil etdi.Tadbirda Oʻzbekiston parlamenti, vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy diplomatik vakolatxonalar, tahliliy markazlar, ekspertlar hamda omm

20 Mar 12:53
 
38
0
xs.uz

Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu

09 Mar 06:33
 
57
0
xs.uz

“Oʻzgidromet” 9-mart kuni uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq ' 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmayd

26 Feb 17:05
 
61
0
xs.uz

Yerni koʻp kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yer soligʻidan ozod qilinadi

Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-maydan 'Yangi Oʻzbekiston' massivlarini barpo etish doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib oʻrnatiladi: