calendar 01 Jun 18:06
eye 31
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

NATO Rossiya bilan urushga tobora yaqinlashmoqda – Orban

image

NATO Rossiya bilan urushga tobora yaqinlashib boryapti. Bu fikrni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban “Kossuth” radiostansiyasining ertalabki dasturida so‘z ochdi.

Orbanning aytishicha, u har hafta Yevropa Ittifoqi va NATO harbiy harakatlarga tayyorlanayotganining yangi belgilarini ko‘ryapti. Hukumat rahbarining ta’kidlashicha, "urushga kirish bir qadamda bo‘lmaydi".

"Uch bosqich bor: muhokama, tayyorgarlik va halokat. Hozir biz muhokamani yakunlayapmiz va tayyorgarlik bosqichidamiz. Biz halokatdan dyuym uzoqdamiz", deydi u.

Orbanning fikricha, o‘tgan haftada Yevropaning Ukraina mojarosiga tobora ko‘proq jalb qilinayotganini va “urushga yaqinroq” qolganini ko‘rsatadigan kamida ikkita voqea sodir bo‘lgan. Birinchidan, u ukrainalik askarlarni o‘qitish uchun "Fransiya va Ukraina o‘rtasida fransuz harbiy instruktorlarining Ukrainaga borishiga ruxsat berish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini" ta’kidladi.

"Agar fransuzlar bunga rozi bo‘lsa, bu YeI va NATO davlatlarining mojarodagi ishtirokining yangi darajasiga aylanadi", deb hisoblaydi Bosh vazir.

Ikkinchidan, Rossiya hududi ichidagi nishonlarga zarba berish uchun G‘arb qurollaridan foydalanish imkoniyati muhokama qilinmoqda.

“G‘arb tomonidan yetkazib berilgan qurollar nafaqat mudofaa, balki hujum uchun ham qo‘llanilishi kerak, deganlar tobora ko‘payib bormoqda. NATOsiz Ukraina Rossiya hududini o‘qqa tuta olmas edi, lekin endi u bunday qila oladi va shu tariqa biz urushga qo‘shilish jarayonida yana bir qadam tashlamoqdamiz”, deydi Orban.


Uning fikricha, mojaroning kuchayishi Ukraina va G‘arbning hamon uni yutib olishni istashi sabab bo‘lmoqda.

“Ukraina Rossiyani mag‘lub eta oladi deb o‘ylaydi va G‘arb davlatlari o‘zlarini Markaziy va Sharqiy Yevropaning frontdagi davlatlariga qaraganda xavfsizroq his qilmoqda. Ular bizdan boshqacha yo‘l tutishlarining eng muhim sababi shu. Ular Rossiyani mag‘lub etishni, har qanday holatda ham harbiy muvaffaqiyatga erishmoqchi”, deya tushuntirdi Orban.

U hukumat Vengriyaning Ukrainadagi qurolli mojaroga tortilishining oldini olish uchun hamma narsani qilish niyatida ekanligini tasdiqladi.

"Bu bizning urushimiz emas va vengerlar bundan aziyat chekmasligi kerak. NATO kuchli mudofaa ittifoqi bo‘lib, boshqa urushga aralashish uchun emas, balki a’zo davlatlarni himoya qilish uchun mo‘ljallangan ", deydi Orban.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Vashington Kiyevga Rossiyadagi nishonlarga zarba berishga yashirincha ruxsat bergani xabar qilingandi. Biroq, “Politico” nashrida keltirilishicha, ruxsat Rossiya Federatsiyasi tomonidan hujumlarga duchor bo‘lgan Xarkov viloyati bilan chegaradagi hududlarga tegishli hisoblanadi.

Kecha, 31 may kuni Germaniya ham Ukrainaga o‘zi bergan qurollardan Rossiyaga zarba berishda foydalanishga ruxsat bergandi.

Daniya Tashqi ishlar vaziri Lars Lokke Rasmussen Ukraina oladigan F-16 qiruvchi samolyotlaridan Rossiya ichidagi harbiy nishonlarga zarba berish uchun foydalanishi mumkinligini aytdi.

Habib Jo‘raboyev


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Jul 22:36
 
51
0
qalampir.uz

Starmer Ukrainaga Britaniya raketalari bilan Rossiyaga hujum qilishga ruxsat berdi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer Ukraina tomonidan Rossiyadagi harbiy nishonlarga hujum qilish uchun Britaniyaning Storm Shadow raketalaridan foydalanishini istisno qilmadi.  Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi. Starmerning ta’kidlashicha, raketalar "xalqaro gumanitar qonunlarga muvofiq aniq qo‘llanilishi kerak". "Ammo Ukraina ulardan mudofaa maqsadlarida qanday foydalanishni o‘zi hal qilishi kerak", deydi Britaniya Bosh vaziri. Storm S

26 Jul 22:52
 
128
0
qalampir.uz

Iroqdagi AQSH harbiy bazasi raketa zarbasiga uchradi

Iroq g‘arbidagi amerikalik harbiylar joylashgan Ayn al-Assad aviabazasi raketalardan o‘qqa tutildi. Bu haqda “Shafaq news” portali xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayanib xabar berdi.    Bidirilishicha, bazaga kamida ikkita raketa uchirilgan, biroq ishlatilgan raketalar turi noma’lumligicha qolmoqda. Hujum ortida kim turgani haqida ham hozircha noma’lum. “Xavfsizlik xizmatlari raketalar qaysi hududdan uchirilganini aniqlash bo‘yicha qidiruv ishlarini

26 Jul 10:19
 
26
0
qalampir.uz

Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli qurilish kompaniyasi rahbari qo‘lga olindi

Rossiya Mudofaa vazirligining Harbiy qurilish kompaniyasining 46 yoshli bosh direktori Andrey Belkov Moskvada qo‘lga olindi. U davlat mudofaa topshiriqlarini bajarishda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumon qilinmoqda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 285.4-moddasi). Bu haqda 24 iyul kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, “Kommersant” gazetasi xabar berdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda o‘sha paytda maxsus ob’ektlar uchun Har

26 Jul 10:19
 
51
0
qalampir.uz

Ozarbayjon va Eron chegarasida otishma bo‘ldi

Ozarbayjon va Eron chegarasidagi otishma oqibatida ikki ozarbayjon chegarachisi yaralandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Ozarbayjon Davlat chegarasi matbuot xizmati xabar berdi. “Kecha, 24 iyul kuni soat 03:30 da Davlat xizmati chegara qo‘shinlarining “Gyoytepe” chegara otryadining rasmiy hududida Erondan Ozarbayjonga ketayotgan ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan davlat chegarasini buzish holati qayd etildi”, deyiladi xabarda. Bildirilishicha,