calendar 31 May 13:29
eye 45
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonning davlat qarzi qariyb 35 mlrd dollarga yetdi

image

O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 2024 yil 1 yanvar holatiga 34,9 mlrd AQSH dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 38,4 foizni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining hisobotida so‘z boradi.

Davlat tashqi qarzi – 29,6 mlrd AQSH dollari, davlat ichki qarzi – 5,3 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi.

O‘zbekistonning asosiy kreditorlari Jahon banki – 6,6 milliard dollar, Osiyo taraqqiyot banki – 6,4 milliard dollar va xalqaro investorlar – 3,4 milliard dollar bo‘ldi. 

Qayd etilishicha, o‘tgan yil davomida O‘zbekiston 2020 yilda chiqarilgan 2 trillion so‘mlik uch yillik xalqaro obligatsiyalarni to‘lagan. Hisobotda, shuningdek, mamlakat tashqi qarzlarining 71,4 foizi dollarda, 6,9 foizi so‘mda, 6,2 foizi yapon iyenasida ekani qayd etilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
43
0
qalampir.uz

Dollar kursi ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 40,76 so‘mga oshdi va 12 625,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 10,21 so‘mga ko‘tarilib, 13 686,81 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 1,73 so‘mga oshib, 146,11 so‘mni tashkil etdi.

15 Jul 21:23
 
134
0
qalampir.uz

Namanganda MIB xodimlarini jarohatlagan fuqaro qamaldi

Namangan viloyatida Majburiy ijro byurosi xodimiga jarohat yetkazgan fuqaro 3 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, MIBning Chust tumani bo‘limi davlat ijrochilari fuqaro J.N.ning xonadoniga boshqa haqdor fuqaro foydasiga 42,1 million so‘m qarzdorlikni undirish maqsadida borgan. Qarzdor esa majburiyatini bajarish o‘rniga, davlat ijrochilari faoliyatiga keskin qarshilik ko‘rsatib, ularni haqoratlagan

29 Jul 13:48
 
74
0
qalampir.uz

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi. Bu haqda oliygoh matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, universitet hamda Diplomatik akademiyaning Kuzatuv kengashi 2024/2-qarori bilan 2024-2025 o‘quv yili bakalavriat va magistraturada shartnoma asosida o‘qitish to‘lov-shartnoma yangilangan miqdori tasdiqlangan. Yangilangan to‘lov-shartnoma miqdori quyidagicha belgilandi: 1-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 29 million 428 ming so

12 Jul 17:47
 
143
0
xs.uz

Salkam 76 million soʻmlik tamaki mahsulotlari musodara qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlanganini maʼlum qildi.Departament Yangiyer shahar boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar A.A. va Sh.B. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 390 quti 'Esse change' nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini 38,9 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan us