Bugun, 31 may kuni Jizzax viloyatida 3.2 magnitudali zilzila bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila mahalliy vaqt bilan 3:25 da sodir bo‘ldi. Epitsentr: Jizzax viloyati, Baxmal tumani. Zilzila koordinatalari: 39,77 gradus shimoliy kenglik; 67,97 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,2. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 197 km janubiy-g‘arbda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fanlar akademiyasi axborot xizmati tomonidan Toshkent shahri hududida 6,5 va undan yuqori balli zilzilalar sodir bo‘lish xavfi borligi ma’lum qilingandi.