calendar 31 May 09:26
eye 34
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qurol ishlab chiqaradigan kompaniya “Borussiya”ning homiysi bo‘ldi

image

Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni Dortmundning “Borussiya” klubi homiysiga aylandi. Bu haqda “Kicker” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Rheinmetall Yevropadagi eng yirik harbiy texnika va qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. “Borussiya” mazkur kelishuvdan yiliga 1 million yevrodan 9 million yevrogacha daromad qiladi.

Qayd etilishicha, Dyusseldorfda joylashgan kompaniya logotipi “Borussiya” stadionidagi bilbordlarda aks etadi, ammo jamoa libosida bo‘lmaydi.

Ma’lumot uchun, “Borussiya” joriy mavsum Germaniya chempionatini 5-o‘rinda yakunladi. Jamoa keyingi mavsum Yevropa Chempionlar ligasida (YeCHL) o‘ynashi uchun 2 iyunga o‘tar kechasi YeCHL finalida Madridning "Real" klubini mag‘lub etishi kerak.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:27
 
18
0
xs.uz

Taekvondochi Nikita Rafalovich sportchi sifatidagi faoliyatini yakunladi

Taekvondo boʻyicha 3 karra Olimpiada ishtirokchisi Nikita Rafalovich sportchi sifatidagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda uning oʻzi Instagramda maʼlumot berdi.Maʼlum boʻlishicha, endi Rafalovich murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanadi. 'Murabbiylikka oʻtish jarayonida sportchi sifatida faoliyatimni yakunladim. Bu yerda mening yutuqlarimni koʻrishingiz mumkin', degan u oʻz postida.Maʼlumot uchun, Nikita Rafalovich 1993-yilning 10-oktyabrida Toshkent shahrida tugʻilgan.2018-yilgi Osiy

26 Jul 10:21
 
50
0
xs.uz

Magʻlub boʻlgan Oʻzbekiston, AQSH, Argentina… Olimpiada futbolining birinchi turi qanday oʻtdi? Birinchi turdan keyingi vaziyat (Foto+jadval)

'A' guruhidan joy olgan Fransiya ochilish oʻyinida AQSHni 3:0 hisobida magʻlub etdi. Ushbu toʻrtlikdagi ikkinchi bahsda Yangi Zelandiya vakillari giveniyalik yoshlarni yengdi ' 2:1.'B' guruhidagi Marokash va Argentina bahsi turnirning eng munozarali oʻyini sifatida esda qoladigan boʻldi. Uchrashuvning asosiy vaqtida marokashliklar 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Bosh hakam esa oʻyinga 16 daqiqa qoʻshib berdi. Natijada uchrashuvning qoʻshib berilgan daqiqalarida lotin amerikaliklar hisobni

24 Aug 17:27
 
19
0
xs.uz

Oʻzbekiston yana bir Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi

18,19,20-avgust kunlari Samarqand shahrida ITKF Karate-do boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.Qayd etilishicha, 18-avgust kuni chempionatning rasmiy ochilish marosimi oʻtkazildi. Unda 18 dan ortiq davlatlar ishtirok etdi.Chempionat: 6-8 yosh ' bolalar va qizlar, 9-13 yosh ' yoshlar va qizlar, 14-18 yosh ' oʻsmirlar va oʻsmir qizlar, 19-21+ kattalar va ayollar, 40+ faxriylar oʻrtasida oʻtkazildi.Umumiy hisobda:1-oʻrin Oʻzbekiston2-oʻrin Tojikiston3-oʻrin Turkmaniston.Jamoaviy kume

24 Aug 17:27
 
26
0
xs.uz

Manuel Noyer Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini maʼlum qildi

Germaniyaning 'Bavariya' klubi darvozaboni Manuel Noyer Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. Bu haqda Noyer oʻz qarorini 'Instagram' orqali maʼlum qilgan.Maʼlumki, Noyerning 2026-yilgi jahon chempionatida ham qatnashishi haqidagi xabarlar tarqalishi ortidan turli savollar paydo boʻla boshlagandi. Bundan tashqari, endilikda Noyer kuzda boʻlib oʻtadigan Millatlar Ligasi oʻyinlarida jamoa safida boʻlmaydi.Maʼlumot uchun, Manuel Noyer 2009-yildan buyon Germani