calendar 29 May 20:05
eye 55
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda o‘quvchilar dars xonasida sigareta chekdi. Holat uyushtirilgani aytilmoqda

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi 28-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning bir qismi dars vaqtida sigareta chekayotgani, qolgani esa telefon o‘ynab o‘tirgani tasvirlangan videolar tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, tumandagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2024  yil 25 yanvarga qadar faoliyat yuritgan I.Q ismli shaxs bir necha oydan buyon maktab direktori faoliyatiga noqonuniy aralashib, uni obro‘sizlantirishga uringan. Direktorga tuhmat qilib, asossiz videolar olib, ularni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan. Shuningdek, turli yuqori tashkilotlarga yolg‘on ma’lumotlar bilan murojaat qilgan.

Bildirilishicha, tarqalgan videolavha ham aynan I.Q tomonidan uyushtirilgan.

Aniqlanishicha, 5 oy muqaddam fuqaro I.Q 11-sinf o‘quvchilarining ishonchiga kirib, ulardan g‘arazli maqsadlarda foydalangan. Xususan, o‘quvchilarning videoda tasvirlangan holatini uning o‘zi tashkillashtirgan. Bundan maqsad ayni damda muassasada faoliyat yuritayotgan rahbariyatni obro‘sizlantirish, ijtimoiy tarmoqlarda sazoyi qilish bo‘lgan.

“Mazkur holatlar yuzasidan maktab direktori G.Sh o‘z vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga fuqaro I.Q ustidan shikoyat xati kiritgan. Ayni damda huquq-tartibot organlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Farg‘ona viloyatida maktab direktori unga gap qaytarib, ro‘molini yechmasligini bildirgan o‘quvchi qizni urib, unga jarohat yetkazgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 18:27
 
52
0
qalampir.uz

Dollarning rasmiy kursi pastladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 17,00 so‘mga pastladi va 12 593,04 so‘mni tashkil qildi. Shu bilan birga, Yevro kursi ham 4,64 so‘mga arzonlab, 13 716,34 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa, aksincha, 0,54 so‘mga yuqorilab, 143,82 so‘mni tashkil etdi.

15 Jul 12:03
 
71
0
qalampir.uz

2,3 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Namanganda o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulangan MCHJ rahbariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xabar berdi.  Qayd etilishicha, Norin tumanidagi “B.M.F.” MCHJ norasmiy rahbari Sh.U. jamiyatga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexidagi uskunalarni tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, 2 mlrd 365 mln so‘mlik (2 mln 128 ming kVt•soat) elektr energiyasini o‘g‘irlagan. Mazkur holat yuzasidan Sh.U.

22 Jul 16:05
 
61
0
qalampir.uz

Olti oyda transport xavfsizligi qoidalarini buzgan 500 dan ortiq kishi qamaldi

O‘zbekistonda 2024 yilning 1-yarmi davomida transportdan foydalanish xavfsizligini buzish bilan bog‘liq jinoyat sodir qilgan 551 kishi qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi. Qayd etilishicha, joriy yilning dastlabki olti oyida Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan 1601 nafar shaxsga sud hukmi o‘qilgan. Ularning 551 nafariga ozodlikdan

23 Jul 10:46
 
66
0
xs.uz

Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari eʼlon qilindi

Maʼlum qilinishicha, 7-iyul kuni oʻtkazilgan 1-bosqich imtihon natijalarini Kembrij taʼlim tashkiloti rejalashtirilgan vaqtdan oldinroq eʼlon qildi. Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali koʻrish mumkin: presidential-schools-pre-selection-results-July-2024Shuningdek, 'portal.piima.uz' saytining 'Qabul 2024' boʻlimi 'Natijalar' oynasidan 'Prezident maktabi natijalari' boʻlimida ID raqamni kiritish orqali ham natijalarni b