calendar 28 May 21:13
eye 30
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyev Aliyevga tabrik yo‘lladi

image

Bugun, 28 may kuni Ozarbayjon Respublikasi mamlakat ilk bor respublika maqomini olganining 106 yilligini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mavqedoshi Ilhom Aliyevga tabrik maktubini yo‘lladi. Tabriknoma Ozarbayjon Prezidenti saytida e’lon qilindi. 

“Sizni va sizning timsolingizda qardosh Ozarbayjon xalqini mamlakat milliy bayrami – Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklashdan mamnunman”, deb tabrikni boshlagan Mirziyoyev. 

O‘zbekiston rahbari, Aliyevdek donishmand, vatanparvar va fidoyi rahbar, buyuk siyosat va davlat arbobi rahnamoligida Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi to‘liq tiklanib, tarixiy adolat qaror topganini alohida urg‘ulagan.

“Mamlakatingiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ichki va tashqi siyosat, amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar bugun o‘z samarasini bermoqda, xalqaro maydonda Ozarbayjonga ishonch va uning nufuzi muttasil ortib bormoqda. 

Ozarbayjon bilan O‘zbekiston o‘rtasida shakllangan, qardosh xalqlarimizning umumiy maqsad va intilishlariga to‘la javob beradigan yaqin munosabatlarni biz yuksak qadrlashimizni alohida ta’kidlamoqchiman”, deydi Prezident. 

Mirziyoyev avvalgi muloqotlarda kelishib olinganidek, kimyo, neft-gaz, tog‘-kon sanoati, energetika, elektrotexnika, zargarlik, mashinasozlik, farmatsevtika sanoati, qurilish materiallari, bank va moliya sohalari kabi 10 ta yangi yo‘nalishda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan katta rejalar to‘liq amalga oshirilishiga ishonch bildirgan.

“Bizning mustahkam siyosiy irodamiz va birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli ikki qardosh xalqning umumiy taraqqiyoti yo‘lida o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik izchil rivojlanib boraveradi. 

Fursatdan foydalanib, Janobi Oliylariga sog‘lik-salomatlik, oilaviy baxt, Vataningiz taraqqiyoti yo‘lidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, qardosh Ozarbayjon xalqiga esa tinchlik, farovonlik, doimiy taraqqiyot va farovonlik tilayman”, deydi Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, Mammad Emin Rasulzoda boshchiligidagi Ozarbayjon Milliy kengashi 1918 yil 28 may kuni Ozarbayjon Demokratik Respublikasi mustaqilligini e’lon qilgan. Shu kuni Rossiya imperatorining Kavkazdagi sobiq gubernatori Tiflisdagi saroy zalida Mustaqillik deklaratsiyasi imzolandi. Hozirgi Ozarbayjon Respublikasida bayram 1990 yildan beri nishonlanib kelinmoqda. 2021 yildan boshlab Ozarbayjonda “Mustaqillik kuni to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga ko‘ra, 28 may “Mustaqillik tiklangan kun” deb o‘zgartirildi. 

Shu kuni imzolangan Respublika Mustaqillik Deklaratsiyasida shunday deyilgan edi: 

Bundan buyon ozarbayjon xalqi suveren huquqlarning egasi, Ozarbayjon esa Sharqiy va Janubiy Kafkazortini qamrab olgan to‘laqonli mustaqil davlatdir. Mustaqil Ozarbayjonning siyosiy tuzilma shakli Demokratik Respublika sifatida tashkil etilgan. 

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi xalqaro aloqaning barcha a’zolari, ayniqsa, qo‘shni xalqlar va davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatishga intiladi. 

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi o‘z chegaralarida millati, dini, ijtimoiy mavqei va jinsidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning fuqarolik va siyosiy huquqlarini kafolatlaydi. 

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi o‘z hududida yashovchi barcha millatlarga erkin rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. 

Ta’sis majlisi chaqirilgunga qadar butun Ozarbayjon boshqaruvini xalq ovozi bilan saylangan Milliy Kengash va Milliy Majlis oldida mas’ul bo‘lgan Muvaqqat hukumat boshqaradi. 

Bu bandlar hozir ham Ozarbayjon davlat tuzilishining asosini tashkil etadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 10:14
 
52
0
qalampir.uz

Xitoyda savdo markazidagi yong‘in oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi (video)

Kecha, 17 iyul kuni Xitoyning Szigun shahridagi savdo markazida katta yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida kamida 16 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi. Sichuan provinsiyasi hududida joylashgan 14 qavatli binodagi yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 18:00 atrofida boshlangan. Yong‘in birinchi qavatda sodir bo‘lgan. Taxminan to‘rt soatdan so‘ng, qutqaruvchilar savdo markazidan yong‘in tufayli qamalib qolgan 75 kishini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘

17 Jul 13:54
 
66
0
qalampir.uz

AQSH Eronning Trampni o‘ldirish rejalari haqida ma’lumot olgan – CNN

AQSH hukumati so‘nggi haftalarda Eron tomonidan AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirgani haqida razvedka ma’lumotlariga ega bo‘lgan. Bu haqda kecha, 16 iyul kuni manbalarga tayanib, CNN xabar berdi. CNN suhbatdoshlariga ko‘ra, AQSH Maxfiy xizmati Tramp kampaniyasini tahdid kuchayganligi haqida Tramp Pensilvaniyadagi mitingda otishmada yaralangan 13 iyuldan oldin xabardor qilgan. “Shu bilan birga, Trampni otgan Tomas Metyu Kruksning Eron fitnasiga qand

11 Jul 15:12
 
75
0
xs.uz

Zelenskiy Baydendan Rossiyaga zarba berishga qoʻyilgan har qanday taqiqni olib tashlashni talab qilmoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH prezidenti Jo Baydenni Rossiya hududiga zarba berishga qoʻyilgan har qanday taqiqni bekor qilishga chaqirdi. Bu haqda 'Neue Zhtml5-dom-document-internal-entity1-uuml-endrcher Zeitung' nashri yozmoqda.Nashrga koʻra, u Baydendan Rossiya hududidagi harbiy nishonlarga Gʻarb qurollari bilan hujum qilish uchun barcha cheklovlarni olib tashlashni talab qilgan.Maqolada Zelenskiy Ukraina bu qadamni kutayotgani qoʻshimcha qilingan. Izohlanishicha, Rossiya hud

11 Jul 15:12
 
44
0
xs.uz

Ukraina Rossiya hududlariga zarba berish uchun cheklovlar olib tashlanishini istayapti

AQSH, Germaniya, Niderlandiya, Italiya va Ruminiya NATO sammitida Ukrainaga yana beshta strategik havo mudofaa tizimini yetkazib berishini eʼlon qildi.Oq uyga koʻra, toʻrtta 'Patriot' akkumulyatori va ular uchun butlovchi qismlar, shuningdek, SAMP-T tizimi Kiyevga oʻtkaziladi.Bundan tashqari, yaqin kelajakda AQSH va ittifoqchilar Ukrainaga havo hujumidan mudofaa uchun oʻnlab taktik tizimlar, jumladan NASAMS, HAWK, IRIS T-SLM, IRIS T-SLS va Gepard tizimlarini yetkazib berish niyatida. Qoʻsh