calendar 28 May 19:37
eye 32
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Peru Prezidenti poraxo‘rlikda ayblanyapti

image

Peru Bosh prokuraturasi mamlakat Prezidenti Dina Boluarteni pora olganlikda ayblab, unga nisbatan Kongressga konstitutsiyaviy shikoyat yubordi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, agar Kongress shikoyatni qabul qilsa, vaziyat Prezidentning iste’foga chiqishiga olib kelishi mumkin. Boluartega nisbatan tergov 10 mingga yaqin fotosuratlar tahlili asosida Prezidentning 14 ta qimmatbaho soatlari borligi aniqlangach boshlangan.

Prezident po‘lat va pushti tilladan yasalgan “Rolex” soatini ham taqqan, uning narxi 6 ming dollardan 14 ming dollargacha baholanadi. Peru Prezidentining maoshi esa taxminan 11 ming dollarni tashkil qiladi. Prezident “Rolex” soati borligini inkor etmagan va boshqa amaldordan uni taqib turishga olganini aytgan.

Mart oyi oxirida Prezident qarorgohida tintuv o‘tkazilgandan so‘ng, Kongressning 25 a’zosidan iborat guruh Boluartega impichment e’lon qilish tashabbusi bilan chiqdi. Prezident qarorgohidagi tintuvlarni “nomutanosib va haqoratli chora” deb atadi va iste’foga chiqishini rad etdi.

“Men toza qo‘llar bilan lavozimga kirishganman va shu bilan 2026 yilda prezidentlik lavozimini tark etaman”, deydi u.

Tintuvlar Peru Bosh vaziri Gustavo Adriansen tomonidan ham tanqid qilingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
54
0
qalampir.uz

BMT Bosh kotibi global Olimpiya sulhiga chaqirdi 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yer yuzidagi barcha qurolli mojarolar ishtirokchilarini Olimpiya yarashuvi ruhida qurollarini tashlashga chaqirdi. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi. Tinchlik tashabbusi BMT matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan videomurojaatda aytilgan. Guterrish bu 26 iyun kuni Fransiyada boshlanadigan yozgi Olimpiada musobaqasining tantanali ochilishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Olimpiadadan u

26 Jul 10:21
 
40
0
xs.uz

Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzladi

Oq uy rahbari oʻz nutqida ovoz berishga bir necha oy qolganida nega qayta saylanishdan voz kechganiga atroflicha izoh bermagan.'Soʻnggi haftalarda men oʻz partiyamni birlashtirishim kerakligi ayon boʻldi. Mashʼalani yangi avlodga topshirish vaqti keldi. Demokratiyamizni saqlab qolish yoʻlida hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi. Hatto shaxsiy ambitsiyalar ham', dedi Bayden oʻz chiqishida.Ommaviy axborot vositalariga koʻra, janob Baydenning nutqi oʻz vitse-prezidentiga qilingan tanqidlarn

27 Jul 11:00
 
60
0
qalampir.uz

Britaniya Netanyaxuning hibsga olinishiga qarshilik bildirmaydi

Buyuk Britaniya hukumati Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olishga order berish bo‘yicha Xalqaro jinoiy sudning yurisdiksiyasiga e’tiroz bildirishdan bosh tortdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi. Leyboristlar partiyasi yetakchisi, Bosh vazir Kir Starmer Netanyaxuni hibsga olinishiga qarshi chiqish siyosati avvalgi hukumatga tegishli ekanini bildirgan. “Sudning hibsga olish borasidagi orderiga qarshi chiqishga keladigan bo‘lsak, u joriy yilning 4 i

11 Aug 03:44
 
23
0
xs.uz

Teylor Sviftning konserti IShID terrorchisining tahdidi sababli qoldirildi

IShID terrorchilari sifatida talqin qilinayotgan shaxslarning tahdidlari sababli Teylor Sviftning konserti qoldirildi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Qayd etilishicha, Avstriya hukumati teraktning oldini olish maqsadida ikki shaxsni hibsga oldi. Rejalashtirilgan hujum Sviftning yaqinlashib kelayotgan shoularida xavfsizlik choralarining kuchaytirilishiga olib kelgan.Teylor Svift Venadagi 'Ernst-Happel-Stadion'da payshanba, juma va shanba kunlariga rejalashtirilgan konsertini kechiktirishg