calendar 28 May 12:52
eye 33
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Makron Yevropani AQSH va Xitoydan mustaqil bo‘lishga chaqirdi

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron kuchli va suveren Yevropani shakllantirishga chaqirdi. Bu haqda u kecha, 27 may kuni Drezdenda yoshlar bilan suhbat chog‘ida so‘z ochdi.

"Yevropa – tinchlik, farovonlik va demokratiya tarixi", deydi Makron.

Biroq, uning fikricha, Yevropa harakat qilmasa, bularning barchasi xavf ostida qoladi.

“Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan ikki yil o‘tib, Yevropa o‘z tarixida misli ko‘rilmagan lahzani boshdan kechirmoqda, bu esa uni o‘z mudofaasi va xavfsizligi haqida mustaqil fikr yuritishga majbur qilmoqda”, deya ta’kidlaydi Makron. 

U NATO doirasida ittifoqchi sifatida harakat qilish zarurligini ta’kidlab, "Yevropa xavfsizligi xavf ostida" ekanini qo‘shimcha qildi. 

Shu bilan birga, Emmanuel Makron Yevropa Ittifoqi “o‘z geografiyasini o‘zgartirmasligini”, Rossiya esa “ertaga va undan keyin ham” qo‘shnisi bo‘lib qolishini tan oldi.

“Iqtisodiy jihatdan Yevropa davlatlari ham Xitoy va AQSH raqobati oldida yanada suveren va mustaqil bo‘lishi kerak. Bizning Yevropa o‘zini qayta kashf qilishi, to‘g‘rirog‘i kelajak avlodlar uchun yangi o‘sish paradigmasini qurishi kerak”, deydi Fransiya rahbari. 

Bugun, 28 may kuni Makron Myunsterga tashrif buyuradi, u yerda unga Yevropadagi sadoqat uchun Vestfaliya tinchlik mukofoti topshirilishi rejalashtirilgan. Shundan so‘ng Berlin yaqinidagi Meseberg qal’asidagi saroyda Fransiya va Germaniya hukumatlari muzokaralar o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Emmanuel Makron 26 may kuni Germaniyaga borgandi. Bu Fransiya Prezidentining 24 yil ichida Germaniyaga ilk davlat tashrifidir. Ilgari Fransiya rahbarlari Germaniyaga faqat amaliy tashrif bilan kelgan.

Makron tashrifining birinchi kuni Berlinda Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashdi, shuningdek, Germaniya Asosiy qonuni qabul qilinganining 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etdi.

Ma’mura To‘rayeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
39
0
xs.uz

Rasman 2025-yilda Olimpiya oʻyinlariga Saudiya mezbonlik qiladi (video)

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) 2025-yilda ilk bor 'Esports' boʻyicha Olimpiya oʻyinlari tashkil etilishini tasdiqladi. Saudiya Arabistonida oʻtkazilishi kutilayotgan kibersport boʻyicha eng nufuzli turnir XOQning 142-sessiyasida eʼlon qilingan. Bu haqda 'Sinxua' xabar bermoqda.Qayd etish joizki, bu qoʻmitaning raqamli inqilob bilan hamnafas ekanini koʻrsatib bera oladi. XOQ ijroiya kengashi bir ovozdan qoʻllab-quvvatlagan holda ilk tadbirni oʻtkazish uchun Saudiya Arabistoni Milliy o

11 Jul 15:12
 
189
0
xs.uz

Fethiye: madaniyat va tabiatning mukammal uygʻunligi

1. OʻlidenizFethiyeni Oʻlidenizsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Butun dunyoga mashhur ushbu plyaj oʻzining firuza rang shaffof dengizi va oq qumlari bilan barchani hayratda qoldirmoqda. Oʻlidenizda paraplanda uchib, yuqoridan bamisoli qush kabi ajoyib manzarani tomosha qilish va sokin suvlarda suzish kabi zavqli mashgʻulotlar bilan taʼtilni maroqli oʻtkazish mumkin.2. Likiya yoʻliFethiyening Likiya yoʻli tabiat qoʻynida sayr qilishni sevuvchilar va trekking ixlosmandlari uchun munosib ma

12 Jul 11:41
 
92
0
xs.uz

Bayden Ukraina prezidentini “Putin” deb atadi. Zelenskiy javoban “Men yaxshiroqman” degan

AQSH prezidenti Jo Bayden oʻz chiqishida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tasodifan 'Putin' deb atagan. Xato muhim matbuot anjumanidan bir soat oldin sodir boʻldi.Bu Ukrainani qoʻllab-quvvatlovchi shartnomani nishonlash tadbirida yuz berdi. 'Endi esa men uni jasoratli Ukraina prezidentiga topshirmoqchiman, xonimlar va janoblar, prezident Putin', degan Bayden.Bayden qilgan xatosini tushunib, 'Siz prezident Putinni yengishingiz mumkin. Men Putinni magʻlub etishga diqqatimni qaratganman.

26 Jul 10:19
 
30
0
qalampir.uz

Netanyaxu AQSHni Eronga qarshi harbiy ittifoq tuzishga taklif qildi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSHga Eron tahdidiga qarshi turish uchun o‘z mamlakati bilan harbiy ittifoq tuzishni taklif qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul AQSH Kongressida so‘z ochdi. Netanyaxu Vashingtonni Isroilga G‘azo sektoridagi HAMAS guruhini tezda mag‘lub etishi uchun harbiy yordam yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi. Netanyaxuning iddao qilishicha, Isroilning HAMASga qarshi urushi ikki sivilizatsiya o‘rtasidagi ziddiyat emas, balki “sivilizatsiya va vah