calendar 28 May 12:52
eye 49
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rafahda Isroil va Misr harbiylari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi

image

Misr va G‘azo sektori chegarasida joylashgan Rafah nazorat-o‘tkazish punktida Isroil va Misr harbiylari o‘rtasida to‘qnashuv  bo‘ldi. Bu haqda Isroil armiyasi  xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan. 

“Shu maqsadda Misr tomoni bilan aloqalar olib borilmoqda”, deya qo‘shimcha qildi armiya matbuot xizmati.

Isroil matbuoti xabariga ko‘ra, mojaro chog‘ida bir Isroil armiyasi askari halok bo‘lgan. Misr Qurolli kuchlarining rasmiy vakili G‘arib Abdul Hafiz ham misrlik xavfsizlik xizmati xodimi halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

Misrning “Al-Qohira al-Ihbariya” telekanalining xavfsizlik tuzilmalaridagi manbasiga tayanib, xabar berishicha, dastlab Rafah nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida isroillik askarlar va Falastin qurolli qarshilik ko‘rsatish tarafdorlari otishma sodir etgan.

Manbaga ko‘ra, tergov natijasida olingan dastlabki ma’lumotlar Isroil va Falastin tomonlari o‘rtasida o‘t ochish sabablarini bartaraf etish uchun zarur choralarni ko‘rishga majbur bo‘lgan. Manba, shuningdek, Misr rasmiylari allaqachon maxsus tergov komissiyalarini tuzganini, ularning a’zolari bunday vaziyatning yuzaga kelishiga kim mas’ul ekanini aniqlashi va kelajakda bunday holat takrorlanmasligi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishi kerakligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, 7 may kuni Isroil harbiylari G‘azo sektorining Misr bilan chegarasidagi Rafah chegara punktining Falastin tomonini nazorat ostiga oldi. Bunga javoban 11 may kuni Qohira yahudiy davlati bilan quruqlikdan o‘tish bo‘yicha keyingi harakatlarini muvofiqlashtirish niyatida emasligini ma’lum qildi va bir necha kundan keyin u nazorat-o‘tkazish punktini yopib qo‘ygani va Falastin anklavidagi aholiga gumanitar yordam yetkazish jarayonini to‘xtatgani uchun to‘liq javobgarlikni Isroil zimmasiga yukladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil armiyasi Rafahga qo‘shimcha bo‘linmalar yuborgan edi.

Ma’mura To‘rayeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 17:47
 
50
0
qalampir.uz

Kim Chen In Rossiya va Shimoliy Koreyaning harbiy sohada hamkorligi zarurligini aytdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rosssiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksey Krivoruchko boshchiligidagi Rossiya harbiy delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi. Bildirilishicha, uchrashuv chog‘ida o‘zaro xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish uchun ikki davlatning harbiy sohadagi hamkorligining ahamiyati va zarurligi muhokama qilingan. Manbaga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin delegatsiya rahbari orqali Kim Chen Inga sal

11 Jul 19:36
 
118
0
qalampir.uz

Isroil va HAMAS sulh rejasining asosiy shartlari bo‘yicha kelishib oldi – WP 

Isroil va HAMAS G‘azo sektoridagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish rejasining asosiy shartlarini kelishib oldi. Bu haqda manbalariga tayanib, “The Washington Post” xabar berdi. Anonim qolishni istagan AQSH ma’muriyati vakilining so‘zlariga ko‘ra, hujjatning asosiy qoidalari kelishib olingan, tomonlar uni amalga oshirish tafsilotlarini muhokama qilmoqda. Biroq boshqa amerikalik rasmiylarning nashrga tushuntirishicha, bu kelishuv imzolanadi, degani emas. Rejani

15 Jul 12:03
 
82
0
xs.uz

Dunyoda maymun chechagi kasalligi yana avj ola boshladi — JSST

Maʼlum qilinishicha, kasallik shu yil 8-maydan 2-iyul sanasiga qadar Janubiy Afrika Respublikasida yashovchi 20 nafar bemorda aniqlangan. Infeksiya oqibatida 3 kishi hayotdan koʻz yumgan. Bu mintaqada 2022-yildan buyon qayd etilgan ilk holat.Bungacha besh kishiga maymun chechagi tashxisi qoʻyilgan, biroq oʻlim holatlari qayd etilmagandi. 2024-yilning 1-mayidan 31-mayiga qadar 26 ta davlatda ushbu virusni yuqtirgan 646 nafar bemor roʻyxatga olingan.Eng koʻp kasallanish koʻrsatkichlari Afri

15 Jul 12:02
 
50
0
qalampir.uz

HAMAS qo‘mondoni o‘lganiga ishonmayman – Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat qo‘shinlari tomonidan G‘azoning markaziy qismiga qilingan hujumda HAMASning yuqori darajadagi qo‘mondoni o‘ldirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda u kecha, 13 iyul kuni Tel-Avivda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi. “HAMASning G‘azo sektoridagi harbiy qanoti qo‘mondoni Muhammad Deyf havo hujumida haqiqatan ham o‘ldirilganmi yoki yo‘qmi, bu Isroilga haliyam qorong‘u”, degan Bosh vazir.