calendar 28 May 12:40
eye 116
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qozog‘istonda 5 yashar bola mashinada besh kishini bosib ketdi (video)

image

Qozog‘istonning Jezqazg‘on shahrida mashina rulidagi besh yashar bola bir necha kishini urib yubordi. Bu haqda kecha, 27 may kuni “Orda.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa Grand Palace restorani yaqinida yuz bergan. To‘xtab turgan mashinada o‘tirgan besh yoshli bola tasodifan qo‘l tormozini tushirib yuborgan. Oqibatda mashina harakatlanib, odamlarni urib yuborgan.

“Yo‘l transport hodisasi ichki ishlar organlarida qayd etilgan. To‘rt nafar piyoda turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Tegishli ekspertiza tayinlandi”, deydi Ulitau viloyati IIB matbuot xizmati.

Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, jarohatlanganlar soni besh nafar. Uch nafar ayol ambulator sharoitda davolanmoqda. Bir kishining to‘rt qovurg‘asi singan va ichki jarohatlar bilan travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
17
0
xs.uz

“Mercedes-Benz”, “BMW”, “Volkswagen” yoki “Toyota”… Qaysi kompaniya 5-yildan beri eng koʻp avtomobil sotgan brend boʻlib turibdi?

'Toyota' avtomobillari savdosining pasayishi asosan Yaponiyada kuzatilgan. Bu yerda kompaniya sertifikatlash testlari bilan bogʻliq muammolar sababli jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan, ayniqsa 'Daihatsu' brendida. Yapon avtomobil gigantining eng yaqin raqibi boʻlgan 'Volkswagen Group' 2024-yilda 9 million dona avtomobil sotganini maʼlum qildi. Nemis ishlab chiqaruvchisi ham 2023-yilga nisbatan 2,3% pasayishni qayd etgan, bu esa asosan Xitoy bozoridagi 'narxlar urushi' va Germaniyada xarajat

31 Jan 15:22
 
20
0
xs.uz

Buyuk Britaniya 4 kunlik ish haftasiga oʻtishi mumkin

200 ta Buyuk Britaniya kompaniyasi oʻz xodimlarining amaldagi ish haqini saqlab qolgan holda 4 kunlik ish haftasiga oʻtishini maʼlum qildi. Bu haqda 'The Guardian' nashri xabar qildi.'4 Day Week Foundation'ning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 5000 dan ortiq kishi faoliyat olib boradigan ushbu kompaniyalarning aksariyat qismini xayriya tashkilotlari, marketing va texnologiya firmalari tashkil etadi. Ular 5 kunlik modelni eski iqtisodiy davrdan qolgan va endi undan foydalanish kerak emas,'deb

27 Jan 00:54
 
18
0
xs.uz

Bir poyezdan sakrab tushgan 12 kishini boshqa poyezd urib ketdi

Hindiston gʻarbidagi Maxarashtra shtatida poyezddan tushib qolmoqchi boʻlgan 12 kishini qoʻshni yoʻlda harakatlanayotgan boshqa bir poyezd bosib ketdi. Bu haqda CNN nashri'xabar bergan.Aniqlanishicha, yoʻlovchilarga poyezdda yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar berilgan va oʻnlab odamlar yongʻindan qochmoqchi boʻlib oʻz vagonlaridan sakrashgan. Natijada, qoʻshni yoʻlda harakatlanib kelayotgan boshqa bir poyezdning urib ketishi oqibatida 12 nafar yoʻlovchi halok boʻldi.'Dastlabk

31 Jan 15:22
 
19
0
xs.uz

Qurʼon kitobini yoqib eʼtirozlarga sabab boʻlgan shaxs ijtimoiy tarmoqdagi jonli efiri vaqtida otib ketildi

29-yanvar kuni tunda Shvetsiyaning Syodertelye shahri politsiyasiga hududdagi xonadonlardan birida oʻq uzilganligi yuzasidan favqulodda qoʻngʻiroq kelib tushgan. Bu haqida 'Blue News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, politsiya xodimlari zudlik bilan voqea joyiga etib borishgan hamda koʻp qavatli bino xonadonlarining biridan 38 yoshli erkakning jasadini topishgan.Dastlabki tergov maʼlumotlariga koʻra, oʻldirilgan shaxs muntazam Qurʼon kitobini yoqish bilan shugʻullangan Salvan Momika ekan